Nizom

Nizom

Ниҳола Абдуваҳидова

O‘zbekiston davlat jahon tillari

universiteti rektorining

2025-yil “____” ___________ dagi

____

-son buyrug‘iga

4-ilova

“Eng yaxshi fleshmob” tanlovini o‘tkazish

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom universitetda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi

fleshmob” tanlovini (keyingi o‘rinlarda - Tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. “Eng yaxshi fleshmob” tanlovida universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining

ijodiy ishlari - jamoaviy chiqishlari, harakatlar uyg‘unligi, g‘oyaviy ifoda va ijtimoiy mazmunga

ega sahna ko‘rinishlari orqali ishtirok etadilar.

II. Tanlovning maqsadi va vazifalari

3. Yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish, halollik, adolat, qonun ustuvorligi va

mas’uliyat qadriyatlariga sodiq fuqarolar etib tarbiyalash, ularni korrupsiyaga qarshi kurashda faol

ishtirok etishga chaqirishdan iborat.

Shuningdek, tanlov yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning ijodiy va jamoaviy

salohiyatini ro‘yobga chiqarish, halollik va poklik g‘oyalarini ijodiy ifoda shakllari orqali keng

targ‘ib etish, korrupsiyasiz jamiyat qurilishiga hissa qo‘shayotgan iqtidorli talabalarni

rag‘batlantirishni maqsad qiladi.

Talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, halollik va

mas’uliyat g‘oyalarini fleshmoblar orqali targ‘ib etish, jamoaviy ijodiy yondashuvni rivojlantirish,

sog‘lom raqobat muhitini yaratishdir. Shuningdek, yoshlarni Vatan ravnaqi, adolat va halollik

yo‘lida faol, vatanparvar va mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalash, ularning korrupsiyaga qarshi

kurashga oid ijtimoiy tashabbuslarini kengaytirish tanlovning muhim vazifalaridan biridir.

III. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish

4. Tanlovda universitetda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlar, jamoa shaklida (5 nafardan

kam bo‘lmagan holda) ishtirok etishlari mumkin.

5. Tanlovni tashkil etish va uni oʻtkazish mas’uliyati Yoshlar masalalari va maʼnaviy-

maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor zimmasiga yuklatiladi.

6. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

• 1-bosqich - fakultetlararo saralash bosqichi;

• 2-bosqich - universitet miqyosidagi final bosqichi.

Tanlovning barcha bosqichlari noyabr oyi va dekabr oyining birinchi o‘n kunligi davomida

oʻtkaziladi.

Tanlov bosqichlarini oʻtkazish muddatlari universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va

ma’rifat bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish

boʻlimi tomonidan belgilanadi.

7. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuziladi. Fakultet bosqichida tuzilgan Hakamlar

hayʼati xulosasiga koʻra 3 ta (1-, 2-, 3-o‘rin) jamoaning chiqishlari tanlovning birinchi bosqichioʻtkazilgan kundan boshlab 3 kun ichida universitet final bosqichiga taqdim etiladi. 3 kundan kech

yuborilgan ishlar qabul qilinmaydi.

8. Universitet final bosqichida Hakamlar hayʼati tarkibi shakllantiriladi, fakultetlar

tomonidan taqdim etilgan fleshmob chiqishlari koʻrib chiqiladi va g‘oliblar aniqlanadi.

IV. Tanlov shartlari va baholash mezonlari

9. “Yangi O‘zbekiston - korrupsiyasiz kelajak” mavzusidagi fleshmob chiqishlari quyidagi

yo‘nalishlardan birida tayyorlanishi talab etiladi:

• yoshlar orasida halollik, poklik, adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini targ‘ib etuvchi

chiqishlar;

• korrupsiyaga qarshi kurash, halol mehnat, mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini

ifodalovchi harakatlar yoki sahna ko‘rinishlari;

• Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan korrupsiyasiz boshqaruv tizimini yaratish

borasidagi islohotlarni targ‘ib etuvchi mazmunli chiqishlar;

• halollik, adolat va ijtimoiy mas’uliyat mavzusida ijtimoiy, madaniy va estetik jihatdan

boy g‘oyalarni ifoda etuvchi jamoaviy harakatlar.

Fleshmob chiqishlariga qo‘yiladigan talablar:

• Chiqish davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha;

• Chiqish joyi va formati fakultet tomonidan kelishilgan holda aniqlanadi;

• Chiqishda korrupsiyaga qarshi mazmun, kreativlik, harakatlar uyg‘unligi, g‘oyaviy

yaxlitlik va jamoaviy uyg‘unlik bo‘lishi zarur;

• Musiqa, pantomima, shiorlar, sahna harakatlari, atributlar va liboslar mazmunga mos

tanlanishi lozim.

Baholash mezonlari:

• Mavzuga moslik - 10 ball;

• Jamoaviy uyg‘unlik va badiiy ifoda - 5 ball;

• G‘oyaning dolzarbligi va ta’sirchanlik darajasi - 5 ball;

• Korrupsiyaga qarshi g‘oyaning ochib berilishi - 5 ball;

• Ijodkorlik va tashabbuskorlik - 5 ball.

Umumiy baho: 30 ball.

10. Fleshmobda “Yangi O‘zbekiston - korrupsiyasiz kelajak” shiori, korrupsiyaga qarshi

chaqiriqlar va ijobiy g‘oyalar ifodalanishi tavsiya etiladi.

V. Hujjatlarni taqdim etish tartibi

11. Fakultet bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan jamoalarning hujjatlari, bayonnomasi,

qarori hamda fleshmob chiqishlari videosi universitet tashkiliy ishchi guruhiga taqdim etiladi.

VI. Mualliflik huquqlari

12. Tanlovda ishtirok etayotgan fleshmob chiqishlarida mualliflik huquqlari buzilgan

taqdirda javobgarlik ishni taqdim etgan fakultet va ishtirokchilar zimmasiga yuklatiladi.

13. Boshqa mualliflik chiqishlaridan, reklama roliklari yoki internetdagi mavjud

fleshmoblardan nusxa olish qat’iyan man etiladi.

14. Tashkilotchilar tanlovga taqdim etilgan ishlardan tanlov jarayonini yoritish, namunaviy

to‘plam yaratish va targ‘ibot maqsadida foydalanish huquqiga ega.

VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash15. “Yangi O‘zbekiston - korrupsiyasiz kelajak” eng yaxshi fleshmob tanlovining final

bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan jamoa sardori (yoki yakka tartibdagi ishtirokchi) universitet

tomonidan diplom hamda universitetning budjet va budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari

hisobidan shakllantirilgan talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi

tartibda mukofotlanadi:

• 1-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 5 barobari miqdorida;

• 2-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 4 barobari miqdorida;

• 3-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

VIII. Yakuniy qoidalar

16. Tanlov g‘oliblarining fleshmob chiqishlari universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy

tarmoqlardagi sahifalarda yoritiladi.

17. Tanlov nizomiga universitet tashkiliy ishchi guruhi tomonidan zaruratga ko‘ra

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumki


Report Page