Nizom
2-aprel “Xalqaro bolalar kitobi kuni” munosabati bilan “Kitob- ma’naviy olamning bezagi” shiori ostida “Eng bilimdon kitobx…Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-sonli qaroriga muvofiq Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng bilimdon kitobxon o‘quvchi” mavzusida online ko‘rik- tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1.1. Tanlov Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan o‘tkaziladi.
2-bob. Tanlovining maqsad va vazifalari
2.1. Bolalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning badiiy va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
Vazifalari:
2.3. Kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish;
2.4. Yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish.
2.5. Mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirish.
2.6. Iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishdan iborat.
3-bob. Tanlovni tashkil etish tartibi
3.1. Onlayn tanlov viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etiladi.
3.2. Onlayn tanlov 2026-yil 3-aprel kuni umumta’lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida https://t.me/buxorovbk telegramm kanalida onlayn o‘tkaziladi.
4-bob.Tanlovni baholash mezoni va shartlari
4.1.Tanlov 1 ta shart asosida o‘tkaziladi.
4.2. Viloyat Bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasida 3-aprel kuni soat 15:00 da badiiy adabiyotlar yuzasidan tuzilgan 30 ta savollar qo‘yib boriladi. Tanlovda berilgan savollarga birinchi va aniq javob bergan hamda to‘liq ma’lumotli izoh qoldirgan ishtirokchi kun g‘olibi deb topiladi.
(Izoh: Adabiyotlar ro‘yxati ilova qilinadi)
5-bob.G‘oliblarni taqdirlash
5.1.Tanlov sharti bo‘yicha yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi. G‘oliblar viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan https://t.me /buxorovbk kanalida diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Odil Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi”
2. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar”
3. Cho‘lpon “Kecha va kunduz”
4. “Boburnoma”
5. G‘afur G‘ulom “Shum bola”
6. Chingiz Aytmatov “Oq kema”
7. Ravshan dostoni
8. J.Svift “Gulliverning sayohatlari”
9. O‘tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”
10. Said Ahmad “Bemor”
11. Mirmuhsin “Me’mor”
12. X.To‘xtaboyev “Sariq devni minib”
13. Ekzyuperi “Kichkina shahzoda”
14. Abdulla Qahhor “O‘g‘ri”
15. R.Tagor “Nur va Soyalar”