Nizom

Nizom

  2-APREL “XALQARO BOLALAR KITOBI KUNI” MUNOSABATI BILAN “KITOB- MA’NAVIY OLAMNING BEZAGI” SHIORI OSTIDA “Mening sevimli ertagi…

    Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-sonli qaroriga muvofiq viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan 2-aprel Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan “Kitob-ma’naviy olamning bezagi” shiori ostida kitobxonlik haftaligi doirasida Buxoro shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening sevimli ertagim” mavzusida rasmlar tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1.1. Tanlov umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida o‘tkaziladi.

1.2. Tanlov Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Buxoro shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari hamkorligida o‘tkaziladi.

 

                        2-bob. Rasmlar tanlovining maqsadi:

2.1. Ertaklar orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish

2.2. Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iste’dodini namoyish etish imkoniyatini yaratish

                                                    Vazifalari:

-        Kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish;

-        o‘quvchilar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;

 

3-bob. Rasmlar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi

 

3.1. Rasmlar tanlovi viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

3.2. Rasmlar tanlovida Buxoro shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining 4-6-sinflar kesimida (1 nafar o‘quvchi) qatnashishlari mumkin. Tanlov 2026-yil 2-aprel kuni Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasida o‘tkaziladi.

3.3. Rasmlar tanlovi ishtirokchilarini baholash uchun tegishli tashkilot vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tuziladi.

 

4-bob. Rasmlar tanlovi shartlari va baholash mezonlari.

 

4.1. Rasmlar tanlovi quyidagi 1 ta shart asosida o‘tkaziladi:

4.2. Ushbu shartda ishtirokchi ertak qahramonlari rasmini chizishi kerak.

   4.3. Ishtirokchilar tanlov nizomida belgilangan shartlarga ko‘ra o‘zaro bellashadilar.

   4.4 Tanlov ishtirokchilari hakamlar hay’ati tomonidan 50 ballik tizimda baholanadi.

    -Rasmning turli bo‘yoq va qalamlar bilan chizilganligi - 30 ballgacha;

- Rasmning ta’sirchanligi va noan’anaviyligi -20 ballgacha;

 

4.5. Rasm chizish uchun ishtirokchilarga 60 daqiqa vaqt beriladi.

 

5-bob. G‘oliblarni taqdirlash.

 

5.1. Rasmlar tanlovi ishtirokchilari tashkilotchilar hamda hamkor tashkilotlar tomonidan I,II,III,darajali diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.



Report Page