Nizom

Nizom


“Bobur kabi seving vatanni” onlayn koʻrik-tanlovinioʻtkazish tartibi

 

I. Umumiy qoidalar

 

1. Mazkur tartib respublikaning barcha umumta’limmaktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar maktablarito‘garak a’zolari oʻrtasida “Bobur kabi seving vatanni” onlayn koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda - ko‘rik-tanlov) tashkil etish 

va oʻtkazish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu koʻrik-tanlov “Barkamol avlod” respublikabolalar maktabi tomonidan tashkil etiladi.

 

II. Ko‘rik-tanlovning maqsadi va vazifasi.

 

3. Ushbu koʻrik-tanlov “Barkamol avlod” bolalarmaktablarida oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunlioʻtkazish hamda ularni ajdodlarmiz ijodiga boʻlganmuhabbatni oshirish maqsadida oʻtkaziladi.

4. Ko‘rik-tanlovning vazifasi oʻquvchi-yoshlaroʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorliyoshlarni aniqlash va ragʻbatlantirish.

 

III. Ko‘rik-tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari.

 

5. Tanlov ikki yosh toifasida 8 yoshdan 13 yoshgachahamda 14 yoshdan 

18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi-yoshlari o‘rtasidao‘tkaziladi.

6. Ko‘rik-tanlov 2024-yil 5-fevral kunidan 13-fevralkuniga qadar “Bobur kabi seving vatanni” sarlavhasi bilan @tanlov_admin03 (rasmiy) telegram lichkasiga yuborishlari lozim. 

7. Ko‘rik-tanlov Madaniyat va san'at (Teatr olamigasayohat) yoʻnalishida oʻtkaziladi.

8. Ko‘rik-tanlov shartlari:

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari jamoa yoki yakkaxon tartibda Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodihamda asarlari asosida yaratilgan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarni, tasvirga olishlari talab etiladi.

Bunda vedio tasvirning ovozi yuqori sifatda 50megabaytgacha 

5 daqiqadan oshmasligi hamda sifatli jonli tasvirlar asosida yaratilgan bo‘lishi lozim. Ishtirokchilar videoroliklarida o‘zining, hududi, tumani, maktabi, sinfi F.I.Sh ko‘rsatishlari talab etiladi.

 

IV. Tanlov ijodiy ishlarini baholash mezoniishtirokchilarini taqdirlash

9. Hakamlar hay’ati tomonidan ishlari ishtirokchilarning ijro mahoratlari 100 ballik tizimda baholanadi.

videorolikning sifatlilik darajasi -20 ball

so’zlarni aniqligi darajasi -30 ball

sahna ko‘rinishini to‘liq tugallanganligi-30 ball

ijodiy ishni tayyorlashda kreativ yondoshilganligi-20 ball

10. Ishtirokchilar quyidagi tartibda taqdirlanadilar:

2 ta — I oʻrin; 2 ta — II oʻrin; 2 ta — III oʻrin.

“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabining diplomlari bilan taqdirlanadilar.

V. Yakuniy qoida

11. Hakamlar hay’atining g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha qarorlari, ekspertlarning xulosalari asosida inobatga olinib, qayta ko‘rib chiqilmaydi.


Report Page