Nimaga Dart dan foydalanish kerak?
@FlutterDasturchiDart dasturlash tili Flutter loyihalarini ishlab chiqish uchun asosdir. Dartni tushunish orqali kelajakda o’rgangan tushunchalaringiz orqali ilovalar yaratasiz. Flutter dasturlarini ishlab chiqishni boshlashdan oldin biz dasturlash tilini tushunishimiz kerak.

Dart 2011 yilda omma e’tiboriga taqdim qilindi u paytda Dartni mobil, web va server dasturlari uchun reklama qilina boshlandi. Dart dasturlash tilini Google ishlab chiqdi va uni o’zining ichki loyihalarini qilish uchun ishlatishni boshladi bulardan Google AdWords dasturi.

Dart-obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OOP) tili, uning yana ahamiyatli tarafi shundaki u C dasturlash tili sintaksisidan foydalangan. Agar C#, C ++, Swift, Kotlin va Java/JavaScript tillarini yaxshi bilsangiz, Dartni tez o’zlashtira olsa bo’ladi. Garchi boshqa tillarni bilmasangiz ham, Dart — oson o’rganiladigan til. Dart -dan foydalanishning qanday afzalliklari bor degan savol tug’uladi?

Dart tili ahead-of-time (AOT) sanaladi bu soddaroq qilib tushunadigan bo’lsak tezroq compile bo’ladi deb tushunsak ham bo’ladi, bu esa Flutter ilovasini tezlashtiradi. Boshqacha aytganda, bir tilni boshqasiga o’girib o’tirmaydi hech qanday vositalarsiz to’g’ridan to’g’ri kompilatsiya bo’ladi.
Dart tili bundan tashqari just-in-time (JIT) hisoblanadi, bu kodimizni o’zgarishini, vaqtida kuztib borishini taminlaydi, Flutter ning hot realod hususiyati orqali buni sinab ko’rshimiz mumkin.

Kelasi postlarimizda Dart dasturlash tilida o’zgaruvchilar haqida to’liq ma’lumot berishga harkat qilamiz hozir esa kirish sifatida va haqida qisqacha ma’lumotni o’qib chiqsangiz bo’ladi. Typeni(turi) ko’rsatmasdan o’zgaruvchini e’lon qilish uchun var -dan foydalanishimiz mumkin. Dart avtomatik ravishda o’zgaruvchining turini aniqlab oladi. Var dan foydalanishning yomon joyi yo’q, ammo tajribaga ko’ra, agar kerak bo’lmasa, uni ishlatishdan uzoq bo’lish kerak. O’zgaruvchan typeni e’lon qilish kodni yaxshiroq o’qilishini ta’minlaydi va qaysi turdagi qiymat ekanligini bilish osonroq bo’ladi. Var -ni ishlatish o’rniga, kutilayotgan o’zgaruvchi turidan foydalaning: double, String va boshqalar. Qiymat berilmagan o’zgaruvchi null qiymatiga ega. O’zgaruvchini boshlang’ich qiymatini bermasdan e’lon qilganda, u nullable va typni oldiga ? belgisi qo’yib ketiladi. Masalan, String turidagi o’zgaruvchi String? ism; deb e’lon qilinadi. Agar boshlang’ich qiymat bersak String ism = ‘Flutter’ ko’rinishida bo’ladi. O’zgaruvchi boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga mo’ljallanmagan bo’lsa Flutterning 2.5 versiyasidan keyin final yoki const dan foydalanish ogohlantirilib turiladi.
Manba: https://medium.com/@khabiliyshakhzod/nima-dart-dan-foydalanish-kerak-b0d1cb2fac46