Nima uchun buzilmoqda!?

Nima uchun buzilmoqda!?


🔹Kadastr agentligining Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan tumanda yer qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida muntazam profilaktik hamda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Kuni kecha tumanning To‘psada hamda Chordona MFY hududida mahalla raisi bilan hamkorlikda ana shunday tadbirlar olib borildi.


🔹Natijada, To‘psada MFY hududida joylashgan, muqaddam vaqtinchalik yengil tipdagi savdo do‘koni qurish uchun ajratilgan 50 kv.m yer maydonidan ortiqcha yerni o‘zlashtirib, kapital qurilish amalga oshirgan fuqaro, yana boshqa bir holatda hech qanday huquqiy hujjatlarsiz "umumiy ovqatlanish shahobchasi" tashkil qilish maqsadida egallab olgan va qurilish ishlarini amalga oshirilgan fuqarolar profilaktik tushuntirish ishlari natijasida o'z ixtiyorlari bilan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etdi.


🔹Shu o'rinda eslatma, O'zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 60-moddasi ikkinchi qisimiga ko‘ra yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va foydalanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


🔹Shu moddaning ikkinchi qismida, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


🔹Agarda yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan bo‘lsa, ushbu yerni qaytarilishini taʼminlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga ko‘ra javobgarlikdan ozod etiladi deb belgilangan.


Matbuot xizmati.

Report Page