Nima sababdan maktab darsliklari o‘quvchilarga ijara asosida beriladi?
@Geoedu_uzBuning sababi shundaki, ota-ona darslikni ko‘chadan xarid qiladigan bo‘lsa bu unga juda ham qimmatga tushadi. Agar ota-onalar barcha darsliklar to‘plamini boshqa joylardan xarid qiladigan bo‘lsa, ularni maktab kutubxonasidan beriladigan summadan 10-15 barobar qimmat narxga olishiga to‘g‘ri keladi.
❕Nima uchun bu yil darsliklar ijarasi 2-3 barobarga oshib ketti? Axir darsliklar to‘plamida eskilari ham borku.
Ayrim sabablarga ko‘ra qog‘oz narxi bu yil 60-70 foizga oshib ketti. Bu o‘z navbatida darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga sabab bo‘lgan.
Keyingi savolga keladigan bo‘lsak, to‘g‘ri darsliklar to‘plamida eskilari ham bor. Lekin darslik narxining umumiy xarajati bola soniga bo‘linadi. Faqat yangilangan kitoblarning o‘ziga qo‘shimcha narx qo‘yilsa, ba’zi darsliklarning narxini hozirgi summadan ham 2-3 barobar qimmatroq etib belgilashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun teng taqsimlashga harakat qilingan.
❕Maktablarda darsliklarni ijaraga berishda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari ham inobatga olinadimi?
Ha inobatga olinadi. Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi.
Qanday toifadagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etiladi:
👉Birinchi sinf o‘quvchilari;
👉“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
👉“Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
👉Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.
Manba: https://t.me/dokument_zamdirektor/2807