Nikohni qayd etish tartibidan xabardormisiz.

Nikohni qayd etish tartibidan xabardormisiz.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Nikoh tuzishni hohlovchi shaxslar belgilangan namunadagi yozma yoki elektron ariza bilan murojaat etgandan keyin bir oy o‘tgach shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Uzrli sabablar bo‘lganda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risida guvohnoma, voyaga yetmaganning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilishi-emansipatsiya) FHDY organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berilishi mumkin. Alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risida guvohnoma va boshqalar) nikohga ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga asosan ko‘rib chiqiladi va yetarli asoslar bo‘lganda shuningdek FHDY organining tashabbusi bilan muddat uch oygacha uzaytiriladi.

 Nikohga belgilangan namunadagi ariza nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida, barcha savollarga aniq va to‘liq javob bergan holda to‘ldiriladi. FHDY organi tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikoh tuzilganligini qayd etish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishda belgilngan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xolatlarda, ellik yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV –infeksiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o‘tadilar. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi tibbiyot muassasi tomonidan bepul o‘tkaziladi. Nikohlanuvchi shaxslar 50 yoshdan oshgan bo‘lsa ulaning roziligi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh deb belgilangan.(Oila kodeksi 15 modda)   Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda ( homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilini emansipatsiya), nikohga kirishni hohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh  davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar,tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish, uylantirish, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Nikohlanuvchilar nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni yashirish oqibatlari to‘g‘risida ogohlantiriladi.

Agarda nikohlanuvchi shaxslarni loaqal bittasi ro‘yxatdga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida, nasl-nasab shajarasi bo‘yiicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan, opa-singillar bilan, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida, loaqal bittasi ruhiyati buzilishi sababli sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.( Oila kodeksi 16 moddasi ).

Nikohni rasmiylashtirish, ariza berilgan FHDY organidan boshqa FHDY organida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda, FHDY organi nikohlanuvchi shaxslarning xohishiga ko‘ra boshqa FHDY organiga berilgan arizani jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) orqali elektron axborot tizimidan oladi va belgilangan tartibda nikohni rasmiylashtiradi. Ariza qabul qilgan FHDY bo‘limi esa nikoh qayd qilinganligi haqida arizaga   belgi kiritadi.

 Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. FHDY organi nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligiga hamda tekshiruv natijalari bilan xabardor ekanligi ishonch hosil qilgandan so‘ng nikohni qayd etadi. Nikohning ishonchnoma bo‘yicha yoki vakil orqali,shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi xaqidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lmaganda qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oylarxon Axunova, Norin tumani FHDY bo'limi mudiri

 

 

Report Page