Nikita Putaykin: iste’dodli rassom

Nikita Putaykin: iste’dodli rassom

Enter Engineering Pte.Ltd

“Tug‘ma rassom” iborasi Enter Kids ruknimiz qahramoniga aylangan Nikita Putaykinni juda yaxshi tavsiflaydi. Bu yil Enter Engineering kompaniyalar guruhi xodimlari farzandlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Iste’dodlar kamalagi” bolalar ijodiyoti tanlovida uning “Varrakli bola” ishi uchinchi o‘rinni egalladi.

Nikita rassomlikka mustaqil o‘rgangan, u rassomchilik studiyasiga bormaydi va o‘qituvchilardan bu borada saboq olmaydi, lekin ayni paytda yorqin va qiziqarli rasmlar chizadi. Bu yil u boshlang‘ich maktabni tugatib, 301-umumta’lim maktabining 5-sinfiga o‘tdi.

Nikita bolaligidanoq faol edi, shuning uchun besh yoshida ota-onasi uni Sergeli tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining yengil atletika seksiyasiga yuborishdi. Bola yugurishni, sakrashni va yadro uloqtirishni, shuningdek, sevimli maktab fanlarini — o‘qish va tabiatni yaxshi ko‘radi. Nikita qayta-qayta o‘qishga tayyor bo‘lgan kitob — “Mittivoy va Karlson”.

Nikitaning inoq oilasi bor, uning 14 yoshli akasi har doim qiyin vaziyatlarda yordam beradi. Ular birgalikda bolalar bog‘chasiga boradigan to‘rt yoshli singlisiga g‘amxo‘rlik qilishadi.

Nikitaga ijodiy va sport ishlarida ilhom hamda muvaffaqiyatlar tilaymiz!


Report Page