Niderlandiyaning Amsterdam shahriga Savdo-missiyasi amalga oshirildi

Niderlandiyaning Amsterdam shahriga Savdo-missiyasi amalga oshirildi


Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida mahalliy tekstil mahsulot ishlab chiqaruvchilar Niderlandiyaning Amsterdam shahrida savdo-missiyasini amalga oshirdilar.


Savdo-missiyasi doirasida mahalliy korxonalar Amsterdam shahrida bo‘lib o‘tayotgan “KINGPINS SHOW AMSTERDAM” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishdi. Ushbu ko‘rgazmada Italiyaning djinsi uchun bo‘yoq va kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchi “OFFCINA 39” kompaniyasi, Turkiyaning “Fblue”, Bangladeshning “M&J Group”, Amerikaning “Material Exchange”, Xitoyning “BLACK PEONY group”, Vyetnamning “XDD TEXTILE COMPANY LIMITED” djinsi mato va tayyor mahsulotlari, Italiyaning djinsini pardozlash bilan shug‘ullanuvchi “TONELLO” dastgohlari ishlab chiqаruvchi va boshqa kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazildi.


Shuningdek, mahalliy tekstil korxonalari ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan seminar va taqdimotlarda ishtirok etishdi.


При поддержке Агентства по продвижению экспорта при Министерстве инвестиций, промышленности и внешней торговли местные производители текстиля провели торговую миссию в городе Амстердам, Нидерланды.


В рамках торговой миссии местные текстильные предприятия получили возможность принять участие в международной выставке «KINGPINS SHOW AMSTERDAM», проходившей в Амстердаме.

На этой выставке представлены итальянская краска и химикаты для джинсов "OFFCINA 39",  турецкая джинсовая ткань "Fblue", джинсовая ткань Бангладеша "M&J group", американская компания “Material Exchange”, китайская джинсовая ткань и готовая продукция "BLACK PEONY group", вьетнамская джинсовая ткань “XDD TEXTILE COMPANY LIMITED”, итальянские машины для отделки джинсовой ткани "TONELLO" и продукции других компаний.


Также местные текстильные предприятия приняли участие в семинарах и презентациях, организованных в рамках выставки.



Report Page