Nevrotizm – muvaffaqiyatga erishish yo'li, baxtga emas

Nevrotizm – muvaffaqiyatga erishish yo'li, baxtga emas


Hissiy beqarorlik, doimiy xavotir hissi, o‘ziga nisbatan hurmatning pastligi. Bularning bari nevrotizm holatini ifodalaydi va bu sifatlarga ega bo‘lishni istamaymiz. Ammo tanganing narigi tarafi ham bor, nevrotikni boshqalardan ajratib turadigan xususiyati – o‘ziga yuqori talablar qo‘yish va natijalarga erishishi. Ammo bu muvaffaqiyat uchun qancha to‘lov qilishga to‘g‘ri keladi?

 

“Maktab davrlaridan hech kim bo‘lolmasligim, kuchim yoki qobilyatlarim yetmasligi va tengdoshlarim mendan muvaffaqiyatliroq ekani haqida xavotir olardim, – deydi Artyom. – bu doimiy poyga edi: eng yaxshi universitetga kirish, obro‘li ishga joylashish va karyera qurish. Hammasi o‘xshadi, lekin mana bu his meni hech qo‘yvormadi: mening hayotim – tuganmas yugurish yo‘lakchasi, unda bo‘shashishga haqqim yo‘q va har doim g‘alaba qozonishga majburman”.

 

 

“Artyomnikiga singari vaziyatlarda nevrotik holat ajoyib natijalarni namoyish qilish imkoniyati uchun energiya beradi, – deb tushuntiradi psixoterapevt Marina Myaus. – muammo shundaki, bu resurs vaqtinchalik. Siqib chiqarilgan va to'g'ridan-to'g'ri namoyon qilolmaydigan hissiyotlarini psixika shu tariqa kompensatsiya qiladi. Natijada kasal bo‘lishni boshlaymiz va hayotiy energiyamiz darajasi albatta pasayadi. Bundan tashqari,muavaffaqiyatlar quvonch keltirmaydi, hayotimizni hissiy yorqin va rang-barang qilmaydi. Bu shunchaki doimiy xavotirni yengish usuli bo‘lib chiqadi”.

 

Nega bunday bo‘ladi?

Bu savolga javobni ko‘pchilik holatlar singari bolalikdan, avvalo eng yaqin inson – ona bilan munosabatlardan qidirish kerak.

 

“Kar” ona

Bola turli-tuman hislarni tuyadi. Shu jumladan, xafalik, norozilik va agressiyani ham – ko‘pchilik onalar bu holatga tayyor bo‘lmaydi.

“Ba’zi ota-onalarning boladagi salbiy his va kechinmalarga dosh berishi qiyin, – deb tushuntiradi Marina Myaus. – bular uchun bolani urushadi yo namoyishkorona sukut bilan jazolashadi – og‘ir vaqtda yonida bo‘lish, og‘riqli hislarini namoyon qilishga o‘rgatish, ularni anglash va kechirish o‘rniga. Odam ulg‘ayar ekan, bolaligidagi singari og‘riq va xavotirni inkor qila boshlaydi, ko‘pincha faol ishga sho‘ng‘ib ketadi”.

 

Talabcha ona

Bolaligidan qizi yoki o‘g‘lidan yuqori ko‘rsatkichlarni talab qiladi, odatda bola uchun qiziqarsiz narsalarni o‘rganishga majburlaydi. Ulg‘aygach, odam o‘zi uchun qattiqqo‘l ota-onaga aylanadi. U bir paytlar onasi qilgani singari – o‘zidan norozi bo‘ladi va yetib bo‘lmas idealga intiladi. To‘xtashi bilan barcha yutuqlarini qadrsizlaydi.

 

Muammoli ota-onalar

Ota-onalar alkogolizm, depressiyadan aziyat cheksa yoki o‘zi hal qilishga kuch topolmagan psixiologik muammolarini har doim bolasi bilan bo‘lishsa, bola odatda o‘zaro qaramlik kompleksi bilan ulg‘ayadi. Bolaligida onasi yoki otasini qutqara olmagani uchun aybdorlik his qiladi, va bu ziddiyat boshqa odamlarni qutqarish imkonini beruvchi kasblarni tanlashga undovchi resurs bo‘lib xizmat qiladi.

 

Bolaligida yetkazilgan dilozorliklar kishini juda talantli rassom bo‘lib shakllanishiga olib kelishi mumkin – bunda og‘riq va kechinmalar san’atga sublimatsiya bo‘ladi.

 

“Sublimatsiya, yaxshiyam borsan” nomli maqola

 

“Nevrotizm haqiqatdan ham yutuqlarga intilish yo‘lida yordam berishi mumkin, ammo bizni hech qachon baxtli qilolmaydi, – deydi Marina Myaus. – agar hissiy qoniqish mexanizmini almashtirsak, boshida avvalgi muvaffaqiyatimiz aziyat chekishi mumkin va bunga tayyor bo‘lish lozim. Ba’zi holatlarda bu – va nihoyat o‘zingizni tinglash va ma’nisiz poyga hissidan xalos bo‘lish to‘lovidir. Ammo bu to‘lov har bir hayotiy qadamdan avvalo lazzat olib oldinga intilish ko‘nikmasi bilan kompensatsiya qilinadi”.


Manba


Tarjimon: Sarvinoz Omonova


Mavzuga yaqin maqolalar:

Nevroz o'zi nima? Nevrotik kim?

Nevrotikning kodeksi


Kanalga ulanish: Psixologning qaydlari




 

Report Page