Netfliks effekti

Netfliks effekti


Netfliksning “Farzin yurishi” seriali ekran yuzini ko’rganidan buyon shaxmatga bo'lgan qiziqish nihoyatda ortdi, bu sport turi yetakchilari esa o’ta hayajonda


Shaxmat o’yini ustalarining Insaydrga bergan ma’lumotlariga qaraganda, Netfliksning “Farzin yurishi” seriali kino olamiga kirib kelishi bilan shaxmatga ulkan qiziqish uyg’ondi. Karantin tufayli shaxmat o’yini ishqibozlari soni kundan-kunga oshib borayotgan edi. Klub boshqaruvchisining Insaydrga aytishicha, ushbu serial tufayli bu raqam cho’qqiga ko’tarildi.

Ayniqsa, ayollar asardagi shaxmat daxosi Elizabet Hermon obrazida namoyon bo’lgan Anya Teylor-Joydan ilhomlanganlar.


Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi bu qiziqish halicha so’nmasligiga umid bog’lamoqda.


Netfliksning "Farzin yurishi" seriali iliq kutib olindi va barcha platformalarda eng yuqori reytinglarni egallab kelmoqda.


Serialda bosh qahramon Elizabet Hermon rolidagi Anya Teylor erkaklar ustunlik qilib kelgan kim o’zdi shaxmat olamini ag’dar-to’ntar qilib yuborgan maftunkor yetim daho obrazini yaratgan.


Ammo bu serialning shuhratiga shuhrat qo’shgan yulduz Teylor Joydan ham ko’ra ko’proq shaxmat sporti edi.


Qo’shma Shtatlar va boshqa ko’pgina davlatlarda ushbu film namoyish etilgan haftada butunjahon Googlega berilgan “shaxmat” so’zi qidiruvi sezilarli darajada o’sdi:

Farzin yurishi seriali ekran yuzini ko'rgan haftada "shaxmat" atamasining nisbiy qidiruv darajasi Google Trendsda Google/Insider


eBay savdo platformasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, serial berib boshlanganidan10 kun o’tib shaxmat taxtasiga berilgan qidiruvlar soni 273 foizga o’sgan.

Bu o’yin orqasidan ro’zg’or tebratadigan insonlar bunga o'zlari guvoh bo’lishdi.


2020-yilning 23-oktyabr sanasida Netfilksda “Farzin yurishi” seriali qo’yildi. Quyida unga aloqador statistik ma’lumotlar keltirilgan:

  • Ushbu serialni bugungi kunga qadar 62 million oila tomosha qildi.
  • eBay savdo platformasida “Shaxmat taxtasi”ga bo’lgan talab 250 foizga oshdi.
  • Googlega berilgan “Shaxmat qanday o’ynaladi” degan savol so’nggi 9 yil ichida eng yuqori cho’qqiga yetdi.
  • "Farzin yurishi" romani nashrga chiqqanidan 37 yil o’tibgina NewYork Times bestselleriga aylandi.
  • Chess.comdagi shaxmat o’yinchilari soni 5 karraga o’sdi.
  • Battersea — Londonning eng qadimiy shaxmat klubi yangitdan onlayn faoliyat yurita boshladi.


"Farzin yurishi" serialidagi Anya Teylor-Joy


Shaxmat olami real hayotdagi Bet Hermonni kutmoqda


Xalqaro Shaxmat Federatsiyasining bosh marketing boshqaruvchisi bergan ma’lumotlarga ko’ra, istalgan mamlakatning ayol shaxmatchilari ro’yhatga olingan o’yinchilarning 16 foizini tashkil etadi. Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi bu ko’rsatkichni yaxshilash niyatida, deydi u.


“Shaxmat olami real hayotdagi Bet Harmonni kutmoqda!”

“Bu “Farzin yurishi” yaratgan ajoyib effekt bo’ldi, negaki shaxmat tarixan bu borada ozroq bo’shroq edi.” — u Insaydrga shunday deydi.


Insider

Kanalga ulanish: Inson psixologiyasi

Report Page