Nega aynan Java?

Nega aynan Java?

PDP.uz | Administration

Barcha korxonalar IT korxonalar. Bu jumla buguni kunning eng mashxur frazasiga aylanib ulgurdi. Bugungi kun texnologiyasi butun dunyo korxona faoliyatini tubdan o`zgartirib yubordi va hozirgi kun bizness liderlari ham o`zlarining asosiy e'tiborini texnikaga qaratmoqdalar. Shubhasiz, bu texnikalarning yuragi bo'lib dasturlash tillari yotadi. Hali hech qaysi vaqtda bugungi kungidek dasturchilarga bo'lgan ta'lab yuqori bo'lmagan va dasturlash tillari ham bunchalik qudratga ega bo'lmagan. Xo'sh, ularning ichida qaysi tilni o'rganish kerak? Shu savolning javobini birgalikda topamiz.

Zamonaviy IT sohasining yuragi bo'lgan dasturlash tillari standartlari va statistikalari bo'yicha nazorat olib boruvchi TIOBE (Towards a Single Software Quality Metric)  birlashmasining so`ngi statistik ma'lumotlariga ko'ra dasturlash tillarining asosiy 25 sifati bo'yicha baholangan tillar ro`yxatida Java dasturlash tili 17.278% ovoz bilan birinchilikni egallab kelmoqda. Agar umumjahon miqyosida qaraydigan bo'lsak, Java birinchi paydo bo'lganiga qariyb 27 yil bo'lgan bo`lsa ham, so'ngi 15 yillik davr mobaynida bunday statistikalarda u doim 1 yoki 2 o'rinni egalab kelgani ham bu tilning jahon standartlariga to'la javob bera olishidan dalolatdir.

IT sohasidagi bunday ishonchli dalillarga va bugungi kunda internetda Java dasturlash tilini o'rgatadigan minglab video darsliklar, onlayn kurslar, kitoblar va oflayn dasturlash maktablarining mavjudliga asoslanib xulosa qiladigan bo'lsak, bu tilni o'rgangan Java dasturchilarining yaqin kelajakdagi ish o'rinlari marketingidagi istiqbolidan dalolat beradi. Umuman olganda bugungi kun Java dasturchilariga bo'lgan talab juda yuqori bo'lib yaqin yillar davomida bu ko'rsatkich tushib ketmasligining asosiy 5 ta dalili mavjuddir:

1.    Bo`sh ish o`rinlarining ko`pligi va ishsizlik darajasining juda pastligi.

Bugungi kunda texnologiyada iste'dodli dasturchilarga bo'lgan talabning yuqoriligidan birgina AQShning o'zida bu sohadagi ishchilarning ishsizlik ko'rsatgichi 2.5% ni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, daromadli ish o'rinlari bo'yicha Gooroo ning olib borgan butun dunyo so`rovnomasida 6.49 % kompaniyalar bo'sh ish o'rinlariga talab sifatida Java dasturlash tilini ilova qilib o'tgan. Xususan, IT sohasi eng rivojlangan mamlakatlarda AQShda 54000 ming ish o'rinlari, Germaniyada 24000 mingdan ortiq, Buyuk Britaniyada 12000 ish o'rinlari da aynan Javani ishchilardan talab qilingan asosiy kriteriya sifatida keltirilgani ham bu tilda dasturlay olgan dasturchilarning ish topa olish ko'rsatkichi yuqoriligidan dalolatdir.

2.    Dunyoning birinchi raqamli mobil dasturlash platformasi Javaga asoslangan.

Xohlaymizmi yoqmi bugungi kundagi barcha smartfonlarning 86% va planshetlarning 63%iga egalik qilishi bilan Android dunyoning birinchi raqamli mobil dasturlash platformasi hisoblanadi. Bu platforma esa Java dasturlash tiliga asoslanganligi bilan bu tilning IT sohasidagi mustahkam o'rnini taminlaydi.

3.    Java korparativ hisoblash klassikasi hisoblanadi

Java bank tizimi, hukumat, media kompaniyalari va boshqa texnika kompaniyalari rivoji uchun katta zamin yaratdi. Javani egasi bo'lgan Oracle kompaniyasining bergan ma`lumotlariga ko'ra korxonalarda foydalaniladigan uskunalar dasturiy qismining 97% aynan Javada yozilgan. Buning asosiy sababi shundagi Java ko'plab korxonalar yechishi lozim bo'lgan muammolarni yecha oladigan ko'plab kutubxonalarga egadir. Bundan tashqari bu kutibxonalardan foydalanish tekin va ochiq kodli dasturlashga asoslangandir. Bugungi kunda mashxur bo'lgan Google, Oracle, IBM, Philips, Facebook, Netflix, Spotify, eBay, va Uber kabi ko'plab korxonalar Java dasturlash tilidan foydalanadi. Hozirgi kunda Java developerlariga ehtiyoj sezmaydigan korxonani uchratish juda mushkuldir.

4.    Bitta kodning bir nechta muhitda ishlay olishi.

Birinchi Sun, Javaning orginal egasi, keyin esa Oracle kompaniyalari Javada bitta iteratsiyada yozilgan kodning boshqa muhitlarda ham o`zgartirilmasdan ishlashi ustida ancha mehnat qilishgan. Javaning bu xususiyati Java developerlari va bir turdagi korxonalar uchun juda qulay hisoblanadi. Hech kim ham juda mukamal ishlaydigan kodni yangi til chiqanligi tufayli qayta yozishni istamaydi.

5.    Javada yozilgan kodning o`qilishi, ishlashi va tezligi kabi parametrlaridan o`zib ketishning mushkulligi.

Bugungi kun va asr miqyosida tezlik eng muhim narsadir. Buning yaqqol isboti sifatida biz Twitter kompaniyasini olishimiz mumkin. Agar bu kompaniya o'z dasturlarini Ruby on Railsdan JVM ga ko'chirmaganda edi, har sekunda 6000 tagacha twitni ko`rib chiqishning iloji bo'lmay qolar edi. Javaning just-in-time kopilyatori bugungi kundagi bunday masalalarda yechim bo`lganligi bilan o'z mavqeyini ancha yillar saqalab qola oladi. Agar ko'ptizimlilik va ijro natijasi sizning maqsadingiz bo`lsa demak Java aniq tanlovdir.

Demak qadirli developerlar yaqin bir necha o'n yilliklar ichida Java o'z o'rnini boshqa tilga bo'shatib bermaydi. Endi esa faqat uni o'rganish qoldi. Bu loyihadan ham asosiy maqsad ham shu.


Qo’shimcha ma’lumot uchun bizga murojaat qiling.

Telefon: + 99897 447 47 41; + 99895 177 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzOfficial

Bizning manzil: Toshkent sh. Shayxontohur tum., Zarqaynar ko'ch., 3B-uy

Moʻljal: Davlat Sirki

Sayt: http://pdp.uz/

Facebook: fb.me/pdp.uz

Report Page