Nega Finlar baxtli?

Statistikaga ko‘ra Finlyandiya olti yil ketma-ket dunyoning eng baxtli davlatlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Nima uchun bu kichik Skandinaviya mamlakati aholisi o‘z hayotlaridan juda mamnun?
Finlar hayot sifatini yomonlashtirmaslik uchun uchta narsaga amal qilishadi:
1. Ular hech qachon o‘zlarini qo‘shnilari bilan solishtirmaydi va muvoffaqiyatlari bilan maqtanmaydi. Finlyandiyaning mashhur iborasi bor, uning ma’nosi quyidagicha: "hech kim bilan raqobatlashmang va baxtingiz bilan maqtanmang". Finlar esa, ayniqsa, moddiy boylik va o‘z boyliklarini ochiq namoyish qilishda bu qoidaga qat’iy amal qiladilar.
2. Tabiyat bilan aloqani e’tiborsiz qoldirmang.
2021-yilda o‘tkazilgan tajribada finlarning deyarli 90 foizi tabiatni hayotlarining eng muhim qismi deb bilishadi, chunki u bilan muloqot qilish xotirjamlik, energiya va dam olish imkonini beradi. Mamlakatning barcha ishlaydigan aholisi to‘rt haftalik yozgi ta’tilga chiqish huquqiga ega va ko‘pchilik bu vaqtni sivilizasiya afzalliklaridan uzoqda, yovvoyi tabiat bilan bevosita aloqada o‘tkazishadi.
3. Jamiyatdagi o‘zaro ishonchni buzmang. Finlar bir-biriga juda ham ishonishadi va halollikka katta ahamiyat berishadi. Agar siz kutubxonada noutbukingizni yoki telefoningizni poyezdda unutib qo‘ysangiz, ular sizga aniq qaytib keladi.