Nazorat tadbirlari davom etmoqda. Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi

Nazorat tadbirlari davom etmoqda. Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi


Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, undan unumli foydalanish va o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.

Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 75 marotaba uchishlar tashkil qilinib, Ishchi guruhlar tomonidan 398 ta holatda 27,8 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.

Ushbu aniqlangan qonunbuzilishlarning 391 ta holatda 10 gektari, aholi punkti yerlarida, 7 ta holatda esa 18 gektari qishloq xo‘jaligi yerlarida sodir etilgan. Aniqlangan barcha qonun buzilishi holatlariga tegishli ma’muriy choralar ko‘rildi.

Masalan, Namangan tumani “Tepaqo‘rg‘on” MFY hududida fuqaro T.Q. tomonidan 80 kv. metr ko‘chani egallab, hech qanday hujjatlarisiz savdo shahobchasi qurgan.

Yana bir holatda, Namangan tumani “Ko‘lbo‘yi” MFY hududida fuqaro Sh.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 60 kv. metr ko‘cha hududida noqonuniy qurilish qilingani aniqlandi.

Har ikki holat bo‘yicha MJtKning 60-modda 3-qismi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi hamda 15-kunda noqonuniy qurilmalarini bartaraf etish bo‘yicha yozma ogohlantirish berildi.

Hozirda fuqarolar tomonidan ushbu holat o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf etildi.

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi ogohlantiradi.
Barcha yer nazorati tadbirlari “O‘zbekkosmos” tashkiloti bilan va zamonaviy maxsus dronlar bilan olib borilmoqda. Shu sababli noqonuniy qurilma tezda aniqlanadi va tegishli qonuniy chora ko‘riladi.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan noqonuniy qurilish qilmaslikni, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmaslikni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlaringizni so‘rab qolamiz.



Bizdan uzoqlashmang, Yer nazorati tadbirlari haqida Sizlarni xabardor qilib boramiz.

Matbuot xizmati.




Report Page