Nazorat tadbirlari davom etmoqda. Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi

Nazorat tadbirlari davom etmoqda. Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi


Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.

Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 55 dan uchishlar tashkil qilinib Ishchi guruhlar tomonidan 325 ta holatda 7,8 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.

Masalan, Uchqo‘rg‘on tumani, Tegirmon MFY hududidagi 0,5 ga dehqon xo‘jaligini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganligi uchun MJtK ning 68 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy jarimaga tortildi.

        Kosonsoy tumani Kushon MFY hududida fuqaro B.A. o‘zboshimchalik bilan 0.2 ga yer maydonini egallab olganligi aniqlanib, ushbu fuqaroga nisbatan MJtKning 60-moddasi, 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

        Namangan tumani, G‘ayrat massivi, “Qumqo‘rg‘on” MFY hududida 138-konturda 0,2 gektar yerda fuqaro I.D. tomonidan o‘zboshimchalik bilan molxona binosi uchun poydevor quyilgan. Natijada MJtK ning 60-modda 3-qismi (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish) boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro o‘z hisobidan yuqoridagi holatni bartaraf qildi.

        To‘raqo‘rg‘on tumani “Shaxant taraqqiyoti” massivi, “Oq tosh” MFY hududi, qishloq xo‘jaligi xaritasining 2392-konturida 54 ball bonitetli tut plantatsiya yer maydoniga fuqaro A.V. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 150 kv.m yerda uy qurish maqsadida beton poydevorini quyib olganligi aniqlandi hamda holat yuzasidan rasmiylashtirilgan ish hujjatlari belgilangan tartibda tuman prokuraturasiga yuborildi.

Uychi tumani, “G‘ayrat Xonabod” MMTP hududi, “Uychi Agropilla” MChJga qarashli bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi xaritasining 2983-konturdan 0.004 gektar yer maydonida bino inshoot qurib olinganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan rasmiylashtirilgan ish hujjatlari belgilangan tartibda tuman prokuraturasiga yuborildi.

Tadbirlarda asosiy e’tiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rishga qaratilmoqda.

Bizdan uzoqlashmang, Yer nazorati tadbirlari haqida Sizlarni xabardor qilib boramiz.

Matbuot xizmati.




Report Page