Nazorat tadbiri
Toshkent shahrida tadbirkorlar noqonuniy faoliyatining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Soliq organlari tomonidan poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi tamaki do‘konlaridan birida oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi davomida tadbirkor onlayn-NKTdan foydalanmagan holda xaridorlarga chek bermasdan faoliyat yuritayotgani ma'lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, tadbirkorlik subyekti tekshiriliganida jami 94 turdagi 2781 quti (umumiy qiymati 35 mln. 623 ming soʻmlik) aksiz markasi mavjud boʻlmagan hamda markirovkalanmagan tamaki mahsulotlari ham savdoga chiqarilgani aniqlandi va masala qonuniy hal etilgunga qadar belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun maxsus do‘konga topshirildi.
Shuningdek, Uchtepa tumanidagi alkogol do‘konlaridan birida oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi davomida tadbirkor 2D-skaner apparatidan foydalanmagani, markirovkalash axborot tizimiga ma'lumot yubormagani hamda xaridorlarga chek bermasdan faoliyat yuritayotgani ma'lum boʻldi.
Shundan so‘ng, shaxobchada savdoga qo‘yilgan alkogol mahsulotlari ko‘zdan kechirilganida, jami 2 turdagi 55 shisha umumiy qiymati 1 mln. 768 ming soʻmlik spirtli ichimliklarning aksiz markalari shubxa uyg‘otganligi sababli masala qonuniy hal etilgunga qadar belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun maxsus do‘konga topshirildi.
Ushbu holatlar yuzasidan hujjatlar xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Olib qo‘yilgan spirtli ichimliklar aksiz markasi qalbakiligi tasdiqlangan taqdirda Soliq kodeksining 227-moddasi birinchi qismiga asosan realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum (69 mln. 176 172 so‘m) miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilishi belgilangan.