Nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi

Nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Soliq xizmati mas'ullari bir necha haftadan buyon yirik bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazib kelmoqdalar. Navbatdagi uchrashuv 200 ga yaqin savdo obyektlari mavjud bo'lgan Mirobod dehqon bozorida tashkil etilib, unda ushbu bozorda tadbirkorlik bilan shug'ullanadigan ishbilarmonlarning murojaatlari tinglandi va ularga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berilib, muammoli masalalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun onlayn-NKTdan xarid chekini taqdim etmaslik yoki to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, qonun doirasida faoliyat yuritish kerak ekanligi haqida ma'lumot berildi.

Soliq xizmati xodimlari tomonidan bozor hududidagi barcha tadbirkorlik subyektlariga bu boradagi eslatma xatlarlari tarqatilib, kerakli ko'rsatmalar berildi.


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Report Page