X (2) Nazariyalar

X (2) Nazariyalar

The Twilight Saga


- Seningcha biz barcha savollarni javobsiz qoldirmayapmizmi,- vazminlik bilan sõradim.

U boshini quyi soldi, va õyga toldi. Nihoyat tõsattan uning kõzlari kattalashib ketdi, uning yuzida ilk bora haqiqiy qõrquv aks etgandi.

- Voy xudoyim!!! 

Men hayratdan qotib qoldim. U nimani kõrdi? Nima bunchalik uni qõrqishiga sababchi bõldi?

- Nima bõldi?,- undagi bu qõrquv nimadan ekanligini anglolmay sõradim.

-Astaroooq,- deb baqirdi

,- axir sen soatiga 100 milda harakatlanayapsan-ku! 

U mashina oynasini ochdi va qoronğulikda bõy chõzib turgan daraxtlarga qarab oğir tin oldi.

Bu tezlik umuman olganga men uchun hech narsa emasdi, nega u bunchalik qõrqdi? 

- Zavq ol, Bella-, dedim kulgannamo.

- Nima sen bizni õldirmoqchimisan? - dedi u qat'iy va baland ohangda. 

- Menga ishon men hech qachon mashinani urib olmayman- va'da berdim unga.

U chuqur nafas oldi, va avvalgidan sal muloyimroq ovozda sõradi:

- Nega bunchalik shoshilyapsan?

- Men har doim mashinani shunday haydayman.   

Men uning yuziga qaradim, uning qõrquv hissiyoti meni kulgimni qistardi.

- Ehtiyot bõl, yõlga qara, hozir urilib ketamiz

- Men hech qachon mashinani urib olmaganman va hattoki jarima ham olmaganman, Bella.

Shunday dedim-u ikki qõlimni boshimga qõyib oldim, uning bundan qõrquvi oshgani juda kulguli edi, nihoyat men unga qanday hazil qilishni yõlini topdim,- radar mening boshimda joylashgan...

- Juda kulguli,- uning ohangida iztehzo va jahl bor edi.

- Charli , mening otam, politsiya ofitseri ekanligini unutmagansan degan umiddaman. Yana mening qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalanganligim ham yodingdang chiqmasin. Ammo agarda daraxtga borib urilsak sen õrningdan turib yurib keta olasan....

- Ehtimol shunaqadir,- iztezholi jilmaydim. Uning gapi tõğri avto halokat ikkimiz uchun ikki xildagi qõrquvni hosil qiladi. Uni mening mashinani boshqarish mahoratim qõrquvga solmoqda..,- Ammo sen bunaqa qilolmaysan.

Shundan sõng men tezlikni kamaytirdim:

- Kõngling joyiga tushdimi ?

- Deyarli,- dedi u spidometrdan kõz uzmay.

- Sekin yurish meni ğashimni keltiradi-, dedim yuzimni burishtigancha.

- Nima, shu sekinmi seningcha?

- Bõldi, kel mavzuni õzgartiramiz, shundoğam mashina haydashim tõğrisida yetarlicha muhokama qildik-, dedim men sabr kosam tõlgancha. Qachongacha u savollarimni javobsiz qoldirmoqchi? Uch martami? Yoki tõrt? Nahotki uning farazlari shunchalik yomon bõlsa? Men buni zudlik bilan tagiga yetishim kerak,- Men hali ham seni nazariyangni kutayapman...

U bir muddat labini tishlab, ğamgin ahvolda turardi. Men õz sabrsizligimni jilovlab anchayin muloyim ovozda:

- Vada beraman, kulmayman.

Men bu gapni uning tortinchoqligini chetga surib haqiqatni aytishini xohlaganim uchun sõradim.

- Buni eshitgan mendan jahling chiqadi deb qõrqaman.

Men iloji boricha bosiqlik bilan:

- Nima bu shunchalik yomonmi?      

- Ha, shunga õxshashroq.

U mendan kõzini olib qochib yerga qaradi. Soniyalar õtgach men:

- Davom et, bemalol.

- Qanday boshlashni ham bilmayman tõğrisi...- uning ovozi sekinlashdi.

- Nega boshidan boshlamayapsan? Axir bu fikr õzingdan chiqqan emasmidi?-, uning tamaddixonadagi gapini esiga soldim.  

- Aslida unaqamas...- uning ovozi yanada sekinlashdi.

Men buni kutmagandim. Aslini olganda mahalliy odamlarning biz haqimizdagi fikrlari shu kungacha unchalik yomon bõlmagan. Men qaysi ğiybatni õtkazib yubordim ekan? Bella mening yuzimda aks etgan hayratni kõrib sõzini davom ettirdi:

- Men oilamizning ancha yillik qadrli dõsti - Jeykob Blek bilan kõrishib qolgandim. Uning otasi hamda mening otam mening bolaligimdan beri qadrdon dõstlar.

Jeykob Blek- bu ism menga notanish...Ammo u menga nimanidir...bir vaqtlarni...ancha yillar oldin... Men fikrimni bir joyga jamladim va xotiralarim õrtasidagi boğliqlikni topishga harakat qildim. 

- Uning otasi Kvilet qabilasi sardorlaridan biir,- dedi u.

Jeykob Blek?! Efreyn Blek... shubhasiz bu uning avlodi.    

Bu esa men õylaganimdan kõra daxshatliroq edi.

Bella barchasini biladi.

Lekin....agarda u haqiqatni Shanba kuni bilgan bõlsa, nega hamon shu yerda yonimda...juda ğalati...

Tarjimon: Feruza Põlatova

Report Page