Navro‘zning "shohona taomi"
Nurafshon shahar hokimligiNavro‘zning tansiq taomi bo‘lgan sumalakni xalqimiz qadim zamonlardan buyon tayyorlab kelishgan. Sumalak faqat tansiq taom bo‘lib qolmay, unda insonning barcha yaxshi orzu-umidlari, niyatlari mujassamlashgandir.
Halqimizning eng sevimli milliy taomlaridan biri sumalak bug‘doy doni ko‘katidan tayyorlanadi. Uning sir-asrorini bilguncha, foyda-zararini aniqlaguncha qancha vaqtlar o‘tmagan.
Ko‘p asrlar davomida uni tajribada sinab, tekshirib, sumalakning shifobaxshligiga ishonch hosil kilingan. Buni his etgan barcha, katta-kichik, sog‘-bemor uni tanovul qilishga shoshiladi. Xususan, qishdan-bahorga chiqish — darmonsizlik, ilik uzildi paytga to‘g‘ri keladi. Bugun Nurafshon shaxar 2-sektor xududida sektor raxbari F.Mirzaev tashabbusi bilan Sumalak sayli bo‘lib o‘tmokda. Navro‘zning "shohona taomi"-sumalak tayyorlash, sumalakxo‘rlikka bag‘ishlangan "Sumalak sayli"ga marhabo!





