Navro‘z urf-odatlari
https://t.me/natlibuzBizgacha yetib kelgan manbalardan bilishimiz mumkinki, Eron, O‘rta Osiyo va Afg‘onistonda “ Navro‘z” bayramini o‘tkazish keng tarqalgan. Har bir elat va xalq o‘zidan kelib chiqib navro‘zni nishonlagan. “ Navro‘z” ga tayyorgarlik ko‘rish odatlari orasida bug‘doy yoki arpa donini yog‘och idishda o‘stirib, bahor darakchisi sifatida dasturxonning markaziga qo‘yishgan. Bayram arafasida yetti xil don ( bug‘doy, arpa, no‘xat, jo‘xori, guruch, mosh, loviya) dan go‘ja tayyorlanib, uni qo‘ni-qo‘shni, qarindoshlarga tarqatishgan. Bundan tashqari Eroniylarda “S” xarfi bilan boshlanadigan yetti xil ko‘k o‘simlik urug‘idan o‘stirilgan ko‘katlar bilan dasturxon bezatilgan. Bayram dasturxoniga katta bir idishda suv to‘ldirib, unga ko‘katlar solib qo‘yishgan. Bu odat yangi yilga suv va hosil mo‘l bo‘lsin degan ma’noni anglatgan.
Navro‘z kuni insonlar bir-birlariga suv sepish, forishliklarda yaqin yillargacha saqlanib qolgan edi. Suv xotin (“ Sust xotin”) marosimi ham shundan shakillangan. Buning ma’nosi shuki, yangi yilda suv serob bo‘lsin degan ma’noni beradi. Navro‘z odatlari qanday bo‘lmasin buning zaminida halqning yagona ezgu niyati yotadi. Navro‘zda urishganlar yarashadi, qariyalar holidan habar olinadi. Navro‘z katta sayl sifatida nishonlanishi bugungi kunga qadar davom etmoqda. Saylda qadimiy urf-odatlarimiz va halq o‘yinlari namoish etiladi. Sayldan maqsad shuki, yo‘qolib borayotgan an’analarimizni kelajak avlodga yetkazishdir.
Bayramlarga oid qiziqarli manbalarni Milliy kutubxona fondida saqlanayotgan U. Qoraboevning “O‘zbekiston bayramlari” kitobidan o‘qishingiz mumkin.


