Navro‘z dasturxoni
https://t.me/natlibuzNavro‘z! Ushbu so‘zni eshitimiz, bilanoq bahorning shohona taomilari ko‘z oldimizga keladi. Ota - bobolarimiz bejizga “ilik uzildi, ildizlar quvvat oladi” deb bekorga aytishmagan. Sababi, bahor kelishi bilan kishida darmonsizlik boshlanadi. Dono halqimiz azaldanoq bahorda bo‘shashmaslik tadbirini ko‘rib qo‘ygan. Sumalak ayni shu maqsad uchun mo‘ljallangan koni hikmatli taomdir. Sumalak navro‘zning “shohona” taomi bo‘lib, uni tayyorlash katta san’atni talab qiladi. Sumalak yilda bir marta tayyorlanadigan noyob taomdir.
Sumalakning paydo bo‘lishiga doir halq orasida turli afsona va rivoyatlar mavjud.
Sumalak sayli an’anaviy marosim bo‘lib, asrlar osha nishonlanib kelinmoqda. U hozirgi kunda ham kishilarni o‘zaro hamkorlik, do‘stlik va birodarlikka chorlaydi.
Sumalakni tayyorlash usuli. Sumalak tayyorlash uchun jaydari yoki qaroqi bug‘doy kerak bo‘ladi. Tozalangan bug‘doy chinni idishda uch kun ivitilib qo‘yiladi. Bo‘rtib nish urib chiqqan donni tekis taxta ustiga yoyib chiqiladi. 3-4 kun davomida har kuni bir mahal suv sevalatib turiladi. Shu tariqa bug‘doy 5-6 sm bo‘lganida kesilib, go‘shtqiymalagichda maydalanib, ustiga biroz suv quyiladi va dokada suziladi.
Qozonga birinchi navbatda o‘simlik yog‘i solinadi ustiga un va siqib olingan sharbati solinadi. Yaxshilab ezib atalasimon massa hosil qilinadi. Tagiga olov yoqib, tindirmasdan kavlab turiladi. Sumalak tagiga olmasligi uchun tosh yoki yong‘oq solinadi. Sumalak taxminan 10-12 soat qaynaydi so‘ng olovi tortilib ertalabgacha dimlab qo‘yiladi.
Agar siz Navro‘z dasturxoni haqida to‘liq bilishni istasangiz Milliy kutubxona fondida saqlanayotgan ushbu adabiyotdan foydalanishingiz mumkin.

