Navro‘z
https://t.me/natlibuzNavro‘z Yaqin Sharq hamda O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi bayramlaridan biri hisoblanadi.
Navro‘zning kelib chiqishi haqida ko‘plab fikrlar va afsonalar mavjud. Masalan, zardushtiylar davrida yaxshilik hudosi yomonlik hudosi ustidan g‘olib chiqgan kun bahorning birinchi kuniga to‘g‘ri kelganligi bois, bu kunni bayram qilishgan. Bu sana aynan “Navro‘z” kuniga to‘g‘ri keladi. Yana bir afsonada aytilishicha, Odamato Momohavo bilan uchrashgan kun “Navro‘z bayrami” deb tan olingan emish.
Beruniy bergan ma’lumotlarga qaraganda, so‘g‘diylarda Mavsard oyining birinchi kuni – Navro‘z va 28-kuni –Romush og‘am ( otashxonalarda to‘planish hayiti ) kuni deyilgan. “Navro‘z”ning qachon va qanday vujudga kelganligini aniq ko‘rsatish qiyin bo‘lsada, har tomonlama ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlariga amal qilinganligini ko‘rish mumkin.
Ushbu ma’lumot milliy kutubxona fondlarida saqlanayotgan adabiyot asosida tayyorlandi.
