Navoiy viloyatining turistik salohiyati

Navoiy viloyatining turistik salohiyati

Navoiy viloyati Turizm boshqarmasi

O‘zbekiston “Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori” yo‘nalishi Navoiy viloyatidagi Qosim Shayx me’moriy majmuasi, Mir Sayid Bahrom Maqbarasi, Raboti Malik karvonsaroyi va Sardoba hamda Mavlono Orif Deggaroniy masjidlari YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. 

Navoiy viloyatining ajoyib maskanlaridan biri – Sarmishsoy darasi petroglif tasvirlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining noyob turlari bilan mashhur tabiiy arxeologik yodgorlikdir.

Nurota tumanidagi Chashma majmuasi mahalliy va xorijiy sayyohlar ko‘plab tashrif buyuradigan turizm obyekti.

Navoiy viloyatidagi turizmning eko, agro, ziyorat, enoturizm, gastroturizm kabi turlari rivojlangan, Angidon, Langar, Sangijumon, Dara, Sentob qishloqlari. Mazkur qishloqlarda bugungi kunda 70 ga yaqin oilaviy mehmon uylari, 30 dan ortiq qo‘shimcha xizmat turlari mavjud.

Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasi bugungi kunda viloyatning plyaz turizmi rivojlangan maskani hisoblanadi. Malumot o‘rnida bugungi kunda To‘dako'lda 4 ta dam olish maskani, 2 ta xostel, 1 ta oilaviy mehmon uylari mavjud.

Nurota tumanidagi Aydarko'l suv havzasi plyaz va safari turizmi yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Bugungi kunda Aydarko'l bo‘yida 5 ta o'tovli lager 1 ta dam olish maskani va 1 ta turizm klasteri mavjud.










Report Page