Navoiy viloyatidagi eng yaxshi AGTKS, AGQS va AYQSlar aniqlandi

Navoiy viloyatidagi eng yaxshi AGTKS, AGQS va AYQSlar aniqlandi

https://t.me/navoitourism

Bugun Navoiy viloyati Navoiy shaharida joylashgan viloyat Yoshlar Markazida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan "Quality service" sertifikati taqdimoti "Eng yaxshi AGTKS”, “Eng yaxshi AGQS” va “Eng yaxshi AYQS” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muxayyo Xolmurodovna Xayitova so‘zga chiqib, AGTKS, AGQS, AYQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash, mavjudligini o‘rganish hamda monitoring qilishni tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruh aʼzolarining masʼul vazirliklar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar ancha samara berayotganligini ta‘kidlab o‘tdi.

Joriy yilning 16-18 noyabr kunlari Respublika va hududiy ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda o‘rganishlar natijasida Navoiy viloyati aholi va sayyohlar uchun qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini namunaviy tarzda yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi AGTKSH, AGQSH va AYQSHlar aniqlandi, unga ko‘ra:
Karmana tumani, Beshkent MFY da joylashgan "Imkon Star-2020" mas’uliyati cheklangan jamiyati AYQSH. (avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi)

Qiziltepa tumani, Bo’ston MFY da joylashgan "Malikrabot Gaz Service" xususiy korxonasi AGQSH (avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi)

Karmana tumani, Uyrot MFY da joylashgan "Navoiy Beton Kompleks" xususiy korxonasi AGTKSH (avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi) lari eng yaxshilari deya tanlab olindi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining sertifikatlari va qimmatbaho sovg’alari topshirildi. Tadbir doirasida Navoiy viloyatida mavjud AGTKS, AGQS, AYQSlardagi holati namunali deb topilib, kelgusida mazkur ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.




Report Page