Navoiy sarchashmasi” shiori ostida tanlovning NIZOMI

Navoiy sarchashmasi” shiori ostida tanlovning NIZOMI


Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag`ishlab “Eng yaxshi insho”, “Navoiy g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ”, “Eng yaxshi maqola”, “Hazrat Navoiyga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalari bo`yicha tanlovlar

NIZOMI

I.Umumiy qoidalar

1. Yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Navoiy sarchashmasi” shiori ostida tanlovlar o‘tkazish.

         2.Mazkur Nizom universitetda tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi insho”, “Navoiy g’azallarining eng yaxshi ijrochisi”,  “Eng yaxshi maqola”, “Hazrat Navoiyga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalarida tanlov o‘tkazilish tartibini belgilaydi.

3. “Eng yaxshi insho”, “Navoiy g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ”,  “Eng yaxshi maqola”, “Hazrat Navoiyga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalaridagi tanlovlarda universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari “Eng yaxshi insho”, “Navoiy g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ”,  “Eng yaxshi maqola”, “Hazrat Navoiyga atab bitilgan eng yaxshi she’r” bilan ishtirok etadi.

4.Tanlov nominasiyasida o‘tkaziladi.

5. Tanlovlar uchun hakamlar hay`ati belgilanadi va barcha o`rinlar hakamlar hay`atining xulosasiga ko`ra belgilanadi

 

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

5. Tanlovning asosiy maqsadi- yoshlar o‘rtasida buyuk ajdodlarimiz madaniy merosiga muhabbat va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizning har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart –sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

6. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

- yoshlar o‘rtasida buyuk ajdodlarimiz madaniy merosiga muhabbat va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish ;

- yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, buyuk ajdodlar ruhiga, Vataniga sadoqatli qilib tarbiyalash;

 

III. Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari.

               7 “Eng yaxshi insho”, “Navoiy g’azallarining eng yaxshi ijrochisi”,  “Eng yaxshi maqola”, “Hazrat Navoiyga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalaridagi tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov  universitet fakultetlari akadem guruhlari talabalari o‘rtasida joriy yilning fevral oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.(7 fevralgacha)

 

IV. Tanlov tashkil etish va o‘tkazish.

6.Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda Hakamlar hay’ati tuziladi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar universitet kesimida tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlari va me`zonlari asosida baholanadi.

8. Tanlov universitet rektori buyrug‘i bilan tasdiqlangan Hakamlar hay’ati tomonidan o‘tkaziladi.

 

V. Tanlov shartlari va baholash mezonlari

9.Tanlovga taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlarda baholanadi:

-       Mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;

-       Ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

-        Mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy         yondashuvi;

-       Mustaqil fikrlashning aniq bildirilganligi;

-       Mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.

    10. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi-jami 50 ball, ijodiy ishlar yozma tarzda topshiriladi.

    

    11. Tanlovga  taqdim etiladigan maqolalar quyidagi mezonlarda baholanadi:

- mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi (ilmiy, rasmiy, badiiy kriteriyalariga mos va mavzu dolzarbligiga ko‘ra);

-ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

- mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;

- mavzuni yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;

- mavzusi yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi va mentalitetimizga mos manbalar yoritilganligi;

- mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi;

- maqolada kalit so‘zlar, annotatsiyalarning mavjudligi.

Taqdim etilgan maqolalar hajmi 3-5 betgacha bo‘lishi mumkin.

Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi(jami 70 ball)

    13. Tanlovga taqdim etiladigan maqorlalar (о‘zbek, rus yoki ingliz tillarida) kompyuter Word dasturida Times New Roman shriftida, 14 о‘lchamda, 1 intervalda, chapdan 30mm, о‘ngdan 15 mm, yuqori pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bо‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bо‘lishi shart.Yozma materiallarning nusxasida talabalarning о‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yо‘nalishi tо‘liq kо‘rsatiladi

    14. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.Mualliflik huquqi buzilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlashtiriladi.

 

15. Tanlovga  taqdim etiladigan “Navoiy g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ”  quyidagi mezonlarda baholanadi:

“Navoiy g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ” nominatsiyasi bo’yicha aruz vazni va deklamatsiya qoidalariga rioya qilinishi talab etiladi.

16. “Navoiy g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ” nominatsiyasi bo’yicha ijro etish uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi. 

   Nominatsiya 50 ballik tizim asosida baholanadi.

 

17. Tanlovga  taqdim etiladigan “Hazrat Navoiyga atab bitilgan eng yaxshi she’r” quyidagi mezonlarda baholanadi:

“Hazrat Navoiyga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyasi bo’yicha yozilgan she’rlar she’riyar oldiga qo’yilgan talablar (o’ziga xos ifoda uslubi, original fikr, bazn, qofiya, badiiy tasvir vositalarini qo’llash mahorati kabi)ga javob berishi kerak.

Mualliflik huquqi buzilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlashtiriladi.

 

 

G‘oliblarni taqdirlash.

 

12. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan – g‘oliblar (3 ta o‘rin sohiblari) universitet rektorining diplomi va sovg‘alar bilan taqdirlanadilar taqdirlanadi.  

 


Report Page