Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan professional taʼlim muassasalariga oʻquv-amaliy hamda metodik yordam koʻrsatilmoqda

Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan professional taʼlim muassasalariga oʻquv-amaliy hamda metodik yordam koʻrsatilmoqda


Professional taʼlim muassasalarida taʼlimning jozibadorligini oshirish va oʻquvchilarga xorijiy tillarni chuqur oʻrgatishni tashkil etish hamda tayyorlanayotgan oʻrta boʻgʻin kadrlarning ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida respublikamizdagi kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda bosqichma bosqich xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilmoqda.

Xususan, NavDPIning mahoratli pedagoglari tomonidan Navoiy shahar kasb-hunar maktabining 1- 2-bosqich oʻquvchilariga hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻquvchilariga ingliz va nemis tillari boʻyicha oʻquv kurslari olib borilmoqda. 

Tashkil etilgan oʻquv kursi orqali oʻquvchilarga B2 darajada xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha institut Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining tajribali pedagoglari biriktirildi.

Kasb-hunar maktabi oʻquvchilarining ingliz tili boʻyicha B2 darajasini olish uchun imtihon topshirish xarajatlari institutning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Abu Ali Ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi oʻquvchilari bilan nemis tili bo‘yicha alohida suhbat oʻtkazilib, kelgusida xorijiy davlatrga borishni maqsad qilgan 1- 3-kurs oʻquvchilari orasidan jami 45 nafar oʻquvchilar tanlab olinib, 3 ta (har birida 15 nafardan) guruhda oʻquv kurslari tashkil qilindi.

Tashkil etilgan oʻquv kurslarida B2 darajada nemis tilini oʻrgatish boʻyicha institutning “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasidan 3 nafar tajribali professor-oʻqituvchilar biriktirildi.

Mazkur kurs mashgʻulotlarini oʻqitish maqsadida jalb etilgan professor-oʻqituvchilar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Professional taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan “Nemis tili fanining namunaviy oʻquv dasturi” hamda “Kasbiy faoliyatda xorijiy til fanining oʻquv dasturi” bilan taʼminlandi.

Mazkur jarayonlar OAV orqali e’lon qilinmoqda...

Report Page