Navbatdagi siyosiy-ma'rifat soati
https://t.me/natlibuzMa'lumki, 2022-yil 22-iyul kuni mamlakatimizda navbatdagi siyosiy-ma'rifat soati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ham katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. Siyosiy-ma'rifat soatida respublikamizda bir hafta davomida qabul qilingan me'yoriy huquqiy hujjatlar va bo‘lib o‘tgan voqealardan tashqari vaqtni boshqarish va mehnat samaradorligini oshirish borasida tavsiyalar berildi.
Ma'rifat soati avvalida yurtimizda amalga oshirilgan siyosiy tashriflar, Prezidentimizning siyosiy rahbarlar bilan olib borgan uchrashuvlari va Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvidagi ishtiroki haqida keng ma'lumotlar berildi. Ma'ruzachilar tinglovchilarga mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilgan respublika o‘quv seminari , Buxoro viloyati “Kelajak liderlari” klubi a'zolarining “ IIB boshlig‘i bilan 1 kun” loyihasi doirasida o‘tkazgan tadbirlari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati, gibrid formatda bo‘lib o‘tgan ShHTga a'zo davlatlarning sanoat vazirlari uchrashuvi, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohalarida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvlar haqida ham xabar berdilar.


