Natijalar yaxshi, niyatlarimiz katta!

Natijalar yaxshi, niyatlarimiz katta!


Bugun Namangan viloyatiga xizmat safari bilan o‘rganishga kelgan Davlat kadastrlari palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev va Davlat kadastrlari palatasining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Misirovlarning boshchiligida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan ZOOM orqali videoselektori bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov va Namangan viloyat boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar hamda barcha tuman bo‘limlari va filiallari rahbarlari, mutaxassislari, inspektorlari ishtirok etdilar. Jami 220 nafardan ortiq xodimlar qatnashdilar.

Kun tartibidagi quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. “Korrupsiyasiz taraqqiyot sari” shiori ostida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasida korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish to‘g‘risida.

2. “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat”, giyohvandlik kabi maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik kabi salbiy illatlarning oldini olish to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida.

Tadbirda o‘rganish yakunlari va kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Namangan kadastr xizmati tizimida erishilgan katta yutuqlar bilan bir qatorda, o‘z yechimini kutayotgan muammolar, yo‘l qo‘yilgan baʼzi kamchiliklar tahlil qilindi. Videoselektor yig‘ilishi yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi va topshiriqlar berildi.


Matbuot xizmati.

Report Page