ARIFMETIK AMALLAR

ARIFMETIK AMALLAR

Mahmud Djuraev

Arifmetik amallar

Arifmetik amallar

Sonlarni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish - bular arifmetik amallar dir. Ularni ifodalash uchun maxsus belgilardan foydalaniladi (+, - , × , : ). Agar ikkita son bu belgilardan biri bilan birlashtirilsa, u holda sonli ifoda hosil bo‘ladi. Sonli ifodaning qiymatini bilish uchun unda keltirilgan amalni bajarish kerak bo‘ladi.

Yodingizda tuting! Agar ifoda faqat qo‘shish va ayirish amallaridan iborat bo‘lsa, amallar berilgan tartibda (chapdan o‘ngga) bajariladi.
Yodingizda tuting! Agar ifoda faqat ko‘paytirish va bo‘lish amallaridan iborat bo‘lsa, amallar ketma-ket (chapdan o‘ngga) bajariladi.
Yodingizda tuting! Agar ifoda har xil arifmetik amallardan iborat bo‘lsa, avval ketma-ket ko‘paytirish yoki bo‘lish amallar (chapdan o‘ngga) bajariladi, keyin qo‘shish va ayirish amallari (chapdan o‘ngga) bajariladi.
Yodingizda tuting! Agar ifodada bir yoki bir necha qavslar bo‘lsa, dastlab qavslar ichidagi amallar, keyin qolgan amallar bajariladi.


QO‘SHISH VA AYIRISH

Yodingizda tuting! Bir necha sonning yig‘indisini hisoblashda ularning o‘rinlarini turli usullar bilan almashtirish va guruhlash mumkin.
Ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirish uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirish kabi bajariladi.

1. Amallarning bajarilish tartibi qoidalari bo‘yicha hisoblang:

74 - 50 + 16 - 11 =

56 : 7 × 2 : 4 =

40 - 5 × 5 + 12 =

90 - 27 : 9 × 3 =

2. Hisoblang:

400 - 640 : 8 + 70 × 4 =

180 × 3 + 230 × 2 - 200 =

3. Ifodalarning qiymatini hisoblang:

100 - (75 - 55) + 80 =

600 + (20 + 20) × 4 =

(420 - 300) : ( 90 : 30) + 15 =

(55 + 45) - (890 - 870) : 2 =

4. Mustaqil yeching:

48 000 × 10 : 100 =  

56 × 9 - 728 : 8 =

15 × 3 : 9 + 361 - 954 : 3 =

64 × (8 + 2) - 549 + 36 × 9 =

5. Ifodaning qiymatini toping:

(236 + 398 + 102) : 4 - 79 =

2 × (197 + 186 + 114) – 895 =

6. Qavslarni shunday qo‘yingki, natijada to‘g‘ri tengliklar hosil bo‘lsin:

100 – 24 : 2 = 38

360 : 6 + 3 = 40

32 × 2 – 2 = 0

300 + 20 × 3 : 10 = 36

420 : 10 – 4 : 2 = 35

4 × 120 – 120 : 6 = 0

7. Jadvallarni to‘ldiring: 

8. Jadvaldan foydalanib, ifodalar tuzing va ularning qiymatlarini hisoblang:


Report Page