Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti’da ikki talabani urib yubordi

Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti’da ikki talabani urib yubordi


Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20-aprel kuni soat 18:40 larda Yangi Namangan tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchi 17 yoshli yigit tog‘asining Lacetti’sida harakatlanganda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan yigit yo‘lning chap tomonida turgan, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi, Namangan muhandislik-qurilish institutining ikki nafar talabasini urib yuborgan.

Jabrlanuvchilardan biri shifoxonada vafot etgan, ikkinchisi esa yengil jarohat olgan.

Bundan oldin Andijonda Nexia-3 yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni urib yuborgandi. Shuningdek, Samarqand va Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida ikki piyoda halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Jizzax viloyati Forish tumanida mast holda bo‘lgan Nexia-2 haydovchisi yo‘l chetidagi 20 yoshli piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan edi.

  




Report Page