Namangan viloyatida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar endilikda qonun oldida javob berishadi

Namangan viloyatida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar endilikda qonun oldida javob berishadi



Namangan viloyati. Joriy yilning 20 may kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 21 yoshli A.J. Davlatobod tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yilning 19 may kuni soat 23:00 larda Davlatobod tumanida joylashgan “Imperiya” tungi klubi yaqinidagi yo‘lak orqali uyiga ketayotgan vaqtida, ikki nafar notanish erkak kishi uni to‘xtatib, ulardan biri telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qilib olishni so‘raganligi sababli unga o‘ziga tegishli bo‘lgan narxi 1.200.000 so‘mlik “Redmi-9C” rusumli telefonni berganida, ushbu notanish erkak uning yuz qismiga qo‘li bilan urib, telefon apparatini olib ketganliklarini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Davlatobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli S.A. va 19 yoshli X.J.lar sodir etganliklari, ular uyali telefon apparatini A.N.ga 200.000 so‘mga sotganliklari aniqlanib, mazkur telefon apparati undan ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «B» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Report Page