Namanganda "Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosi bo‘yicha matbuot anjumani o'tkazildi
Kadastr agentligi, Axborot xizmatiPrezidentimizning “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarori ishlab chiqilgan edi. Mazkur Qarorga asosan viloyatda fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 11 100 gektar ekin maydonlarini 2022-2025-yillarda bosqichma-bosqich zaxiraga qaytarish belgilangan. Shuningdek, Qaror bilan zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga berilishi nazarda tutilgan.
Viloyatda 2022 yil davomida 4 439 gektar yer maydoni zaxiraga qaytarilib, ushbu yer maydonlari dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish belgilangan bo‘lsada, amalda viloyat hokimining tashabbuslari bilan 6 439 gektar yer maydoni zaxiraga qaytarilib, bugungi kunda 5 875 gektar yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi
709-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentiga asosan yer maydonlari 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan hajmlarda lotlarga ajratilib, ochiq elektron tanlovga qo‘yilib, 10 yil muddatga ijara huquqi asosida berilmoqda.
Xususan, 2022 yil davomida 53 856 nafar fuqaroga 6 439 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida dehqon xo‘jaligi yuritish, shu jumladan 2 373 gektar yer maydoni dukkakli, 1 352 gektar yer maydoni sabzavot, 1 342 gektar yer maydoni moyli, 677 gektar yer maydoni poliz, 642 gektar yer maydoni kartoshka hamda 53 gektar yer maydoni sholi ekinlari ekish maqsadida ajratib berilishi belgilangan.
Bugungi kunda 25 648 lotlar bo‘yicha 25 648 ta fuqarolar “E-Auksion” da tanlov g‘olibi deb topilib, shundan 18 176 ta fuqaroga 18 176 ta lot bo‘yicha 2 170 gektar yer maydoni dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratib berildi.
Shu bilan birga, Qarorning 2-bandiga asosan dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda o‘z tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalarda tayanch mutaxassislikka ega bo‘lgan fuqarolarga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik berilishi belgilangan.
“Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglament”ga muvofiq;
1. Reglament 22-bandiga asosan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabgorlar bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi zakalat pulini to‘lashdan ozod qilingan.
2. Reglament 24-bandiga asosan ochiq elektron tanlovda ishtirok etayotgan talabgorlarning imkoniyatlari ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan mezonlar bo‘yicha baholanishida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand talabgorga tanlovda ustuvorlik berilgan.
3. Reglamentga 4-ilovaga muvofiq lot bo‘yicha dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga olish uchun o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etgan talabgorlarning jamg‘argan ballarini jamlash Varaqasi (B-blok) talabgor haqida ma’lumotlar tuman hokimining mahalladagi yordamchisi tomonidan talabgorning o‘z tomorqasidan samarali foydalanayotganligi bo‘yicha baholanishi ko‘rsatilgan.
Buning uchun, tuman hokimining mahalladagi yordamchisi tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabgorning o‘z tomorqasidan samarali foydalanayotganligi bo‘yicha baholanishiga qarab tanlovda g‘olib bo‘lishi uchun ustunlik berishi mumkin.