Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E'lon

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E'lon

Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Lavozimga qoʻyiladigan malaka va koʻnikma talablar

 

- faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro qilish;

- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

- jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlish;

- sohani va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega boʻlish;

- huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish;

- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy taʻminotlardan foydalana olish.

 

 

Rasmiy talablar:

 

- Yurisprudensiya, moliya, iqtisod mutaxassisliklari boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʻlumotga ega boʻlish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining Oliy maʻlumotga ega shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kursini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan boʻlish;

- mutaxassislik boʻyicha 2 yillik ish staji. Muqaddam bevosita faoliyat yoʻnalishida ishlaganlar afzallikka ega boʻladi;

- davlat tilini mukammal bilishi, shu bilan birga rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi;

- shaxsiy xususiyatlar: holollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik va vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

· oylik ish haqi lavozimga qarab qoʻshimcha toʻlovlari bilan birga oʻrtacha.

4,5-5 mln. soʻm

· xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyati;

· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʻminot paket.

· idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Qoʻshimcha afzalliklar:

· zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

· davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga koʻtarilish imkoniyati.

Murojaat muddati:

 

Nomzodlar 2024-yilning 28-aprel kuniga (28-aprel kuni ham) qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:

·          shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʻlumotnoma-obʻektivka) (rasm oʻrnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);

·          oliy yuridik maʻlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplom koʻchirmasi), chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli koʻrinishdagi elektron PDF shakli);

·          3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati (Elektron JPG formatda elektron shaklda);

·          fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli koʻrinishda elektron PDF shaklda).

 

Murojaat uchun:

  • Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy koʻchasi, 7A-uy).

·        Maʻlumot uchun telefon raqami: 69-227-05-45, 69-227-03-76

 

Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

Ishga qabul qilish tartibi va Savollar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin

https://adliya.uz/search?p=1&title=savollar&body=&date_year=&date_month=

 

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Report Page