Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E'lon

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E'lon

Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro qilish;

- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;

- sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;

- huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.

 

Rasmiy talablar:

- oliy yuridik (yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha) ma’lumotga ega bo‘lish;

- mutaxassislik bo‘yicha kamida 1 yil ish staji, muqaddam bevosita faoliyat yo‘nalishida ishlaganlar afzallikga ega bo‘ladi;

- davlat tilini mukammal bilishi, shu bilan birga rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi;

- shaxsiy xususiyatlar: holollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik va vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

· oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga o‘rtacha.

5,5-6 mln. so‘m

· xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;

· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket.

· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Qo‘shimcha afzalliklar:

· zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

· davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

Murojaat muddati:

 

Nomzodlar 2024-yilning 28-iyun kuniga (28-iyun kuni ham) qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:

·          shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka) (rasm o‘rnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);

·          oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplom ko‘chirmasi), chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli ko‘rinishdagi elektron PDF shakli);

·          3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati (Elektron JPG formatda elektron shaklda);

·          fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli ko‘rinishda elektron PDF shaklda).

 

Murojaat uchun:

  • Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 7A-uy).

·        Ma’lumot uchun telefon raqami: 69-227-05-45, 69-227-03-76

 

Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

Ishga qabul qilish tartibi va Savollar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin

https://adliya.uz/search?p=1&title=savollar&body=&date_year=&date_month=

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Report Page