Namangan to'qimachilik sanoati instituti

Namangan to'qimachilik sanoati instituti

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti Axborot xizmati

"4+2" dasturi Namangan to'qimachilik sanoati instituti misolida

Davlatimiz rahbarining charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorida

 “Hozirda amalga oshirilayotgan yirik sarmoya loyihalari bilan birga tez fursatda mahallada yuzlab ish o‘rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o‘rta korxonalar kerakligi” ta'kidlandi.

 Shundan kelib chiqib aholi bandligini ta’minlash masalasi Namangan to‘qimachilik sanoati institutida ham keng yo‘lga qo‘yilgan. buning amaldagi isboti o‘laroq talabalar “ 4+2 “ dasturi doirasida haftaning dastlabki to‘rt kunida nazariy bilimlarni egallaydilar. 

Keyingi ikki kunlikda esa ular olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash maqsadida sanoat tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ladilar. Amaliyot davomida xorijiy brendlarni keng jalb qilish maqsadida matoning sof ipakdan ekaniga alohida e’tibor qaratilishi, endilikda mahsulotlarda charm klasteridan foydalanishni yo‘lga qo‘yilishi kabilarni puxta o‘zlashtirib kelmoqdalar. 

“Saodat Sanoat Servis” ishlab chiqarish korxonasi ana shular jumlasidan. Ayni paytda bu yerda institutning 2-bosqichida tahsil olayotgan “To‘qimachilik -dizayni ” fakultetining 50 dan ziyod talabalari bevosita amaliyot jarayonlarida qatnashayotgani quvonarli. Ulardan 7 nafari esa ish bilan ta’minlanib ulgurgan. 

Bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan qishki mavsumdagi kiyimlar ishlab chiqaruvchi mazkur korxona tashabbusi bilan 2-bosqich talabasi Manzura Murodova 7 turdagi bolalar kiyimlari to‘plamlarini yaratmoqda. Bu esa institutda har bir talabaning rivojlanishi uchun alohida e’tibor, imkoniyat mavjudligining isbotidir.



Report Page