"Najot Ta'lim" jamoasi a'zosiga taqdim etiladigan imkoniyatlar
Quyidagi imtiyozlar "sinov oyidan" boshlab amal qiladi:
• Jamoa a'zolari uchun maxsus "Teambuilding party"lar;
• Markaz hisobidan O'zbekiston bo'ylab ko'hna shaharlarga jamoaviy sayohatlar.
Sinov oyidan muvaffaqiyatli o'tganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:
• "Azon kitoblari" do'konidan kitob xarid qilishda "Azon nashriyoti"ga tegishli kitoblar uchun 15% chegirma (boshqa nashriyot bo'lsa 10%) taqdim etiladi;
• "Cambridge" va "Otlichno" markazlaridagi til kurslari uchun 20% chegirma taqdim etiladi;
• "Mars IT school"da uka, singil yoki farzandi ta'lim olsa 20% chegirma taqdim etiladi;
• "Probox" do'konlaridan Apple qurilmalarini xarid qilish uchun maxsus chegirma beriladi.
Jamoa a'zosining ish faoliyati 6 oydan oshganda quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:
• Birinchi darajali yaqin qarindoshlar uchun markazdagi barcha kurslarga 30% chegirma beriladi;
• Har qanday markazdagi ingliz yoki rus tili kurslari to'lovining 50% to'lab beradi;
• Oliygoh talabasi bo’lsangiz, markaz tomonidan to’lov shartnomangiz ma'lum shartlar asosida to’lab beriladi;
• Uzaro.uz xizmatlaridan foydalanib qilingan ko'chmas mulk yoki avtomobil xaridida markaz kafillikni o'z zimmasiga oladi;
• Markazimizdagi online platforma kurslari uchun 50% chegirma taqdim etiladi;
• Administrativ jamoa uchun tushlik imtiyozi.
Jamoamizga qo'shilish istagida bo'lganlar uchun moddiy imtiyozdan ko'proq narsani taklif qilamiz. Eng asosiy imtiyozimiz bu — Najot Ta'lim jamoasi hisoblanadi. Hozirda jamoamizda 350 ga yaqin mutaxassislar faoliyat olib boradi. AyTi sohasida peshqadam insonlar ta'lim sifatini yaxshilash uchun «Najot Ta'lim» da birlashgan.
Siz ham katta maqsadlar yo'lida bizga qo'shiling!
Aloqa uchun: +998 99 615 00 11
Telegram: https://t.me/najottalim_recruiting