"Najot Ta'lim" jamoasi a'zosiga taqdim etiladigan imkoniyatlar

"Najot Ta'lim" jamoasi a'zosiga taqdim etiladigan imkoniyatlar


Quyidagi imtiyozlar "sinov oyidan" boshlab amal qiladi:

• Jamoa a'zolari uchun maxsus "Teambuilding party"lar;

• Markaz hisobidan O'zbekiston bo'ylab ko'hna shaharlarga jamoaviy sayohatlar.

Sinov muddati muvaffaqiyatli bo'lganidan so'ng:

  1. "Azon kitoblari" do'konidan kitob xarid qilishda "Azon nashriyoti"ga tegishli kitoblar uchun 15% chegirma (boshqa nashriyot bo'lsa 10%) taqdim etiladi;
  2. "Cambridge" va "Otlichno" markazlaridagi til kurslari uchun 20% chegirma taqdim etiladi;
  3. "Mars IT school"da uka, singil yoki farzandi ta'lim olsa 20% chegirma taqdim etiladi;
  4. "Probox" do'konlaridan Apple qurilmalarini xarid qilish uchun maxsus chegirma beriladi.

Jamoa a'zosining ish faoliyati 6 oydan oshganda quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:

  1. Birinchi darajali yaqin qarindoshlar uchun markazdagi barcha kurslarga 30% chegirma beriladi;
  2. Oliygoh talabasi bo’lsangiz, markaz tomonidan to’lov shartnomangiz ma'lum shartlar asosida to’lab beriladi;
  3. Uzaro.uz xizmatlaridan foydalanib qilingan ko'chmas mulk yoki avtomobil xaridida markaz kafillikni o'z zimmasiga oladi;
  4. najottalim.uz online platforma kurslari uchun 50% chegirma taqdim etiladi;
  5. Administrativ jamoa uchun tushlik imtiyozi.

Jamoa a'zosining ish faoliyati 9 oydan oshganda quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:

  1. Najot Ta'lim kurslariga 30% chegirma;
  2. Har qanday markazdagi ingliz yoki rus tili kurslari to'lovining oylik 50 foizi to'lab beriladi.

Jamoamizga qo'shilish istagida bo'lganlar uchun moddiy imtiyozdan ko'proq narsani taklif qilamiz. Eng asosiy imtiyozimiz bu — Najot Ta'lim jamoasi hisoblanadi. Hozirda jamoamizda 350 ga yaqin mutaxassislar faoliyat olib boradi. AyTi sohasida peshqadam insonlar ta'lim sifatini yaxshilash uchun «Najot Ta'lim» da birlashgan.


Jamoa a'zolari uchun 9 oydan keyin taqdim etiladigan imtiyozlar bo'yicha qo'shimcha:

Yuqorida ko'rsatilgan birinchi imtiyoz Najot Ta'lim markazi jamoasiga 2023-yil mart oyidan boshlab qo'shilgan jamoa a'zolari uchun amal qiladi. Bu muddatdan oldin kirganlar uchun eski tartibda amal qiladi.

Yuqorida ko'rsatilgan ikkinchi imtiyoz Najot Ta'lim markazi jamoasiga 2023-yil avgust oyidan boshlab qo'shilgan jamoa a'zolari uchun amal qiladi. Bu muddatdan oldin kirganlar uchun eski tartibda amal qiladi.

Report Page