Nahotki fuqarolarimizning ishga joylashish masalasida navbatdagi aldov?! 

Nahotki fuqarolarimizning ishga joylashish masalasida navbatdagi aldov?! 

Ш Р

 Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro o'zining ish bilan ta’minlashga va’da bergan xususiy agentliklardan biri bilan sodir bo'lgan voqea yuzasidan bo‘limimizning “Dolzarb aloqa tarmog‘i”ga murojaat qildi.

 Gulnora (ismi o‘zgartirilgan) erini ishga joylashtirish uchun xususiy bandlik agentligiga katta miqdorda pul bergan va buning evaziga mehnat shartnomasini olgan.

 RIAM “ISTIQBOLLI AVLOD” Qashqadaryo  viloyat bo‘limi huquqshunosi shartnomani tahlil qilib, quyidagi xulosaga keldi:


 ❌1. Mehnat shartnomasi standartlarga javob bermaydi, chunki u individual raqamga ega emas.

 ❌2. Pul miqdori agentlikka to'lov sifatida ko'rsatilgan, qolgan 1500 AQSh dollari esa ishga qabul qilingandan keyin to'lanadi. 

 ❌3. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, to'langan 500 AQSh dollari qaytarilmaydi.

 ❌4. 2000 AQSh dollari miqdoridagi ko'rsatilgan pul mablag'i (3 kun ichida to'lanadi va agar ish bajarilmagan bo'lsa, 90 kundan keyin qaytariladi) noqonuniy hisoblanadi.


 Shartnoma faqat ish bilan ta'minlovchi (agentlik) ni himoya qiladi va mijozni sud jarayonisiz pulini olish imkoniyatidan mahrum qiladi.

 Bu shuni anglatadiki, shartnomani imzolashdan oldin huquqshunos bilan maslahatlashish kerak.

 Eslatib o'tamiz, respublikada atigi 13 ta litsenziyalangan xususiy bandlik agentliklari qolgan. (https://mehnat.uz/oz/services/xususiy-bandlik-agentliklari-reestri)

 Noqonuniy ravishda ishlaydigan insonlar o'zlarini ekspluatatsiya qilish, zo'ravonlik va ish beruvchilar tomonidan adolatsiz munosabatda bo'lish xavfiga ro'baro'

qilishadi. 

 Fuqarolarimizga uyushgan ishga yollash, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishga jo'nab ketishlarini tavsiya qilamiz.(https://t.me/migratsiyaagentligi)

Report Page