Nafs

Nafs

Viscount Miura Gorō
Majbursan...

Inson zoti shunaqa ekan. Bu dunyoga yashash uchun kelmading. Aslida tug'ilgan kuning o'lgansan, o'lgan kuning tug'ilasan. Ammo bundan xabaring yo'q...

Nimaga xabaring yo'q, bilasanmi ? Chunki buni MEN istamayman. Shuning uchun unittirganman. Unutgan nimaiki narsang bo'lsa, bilginki, ularni MEN esingdan chiqartirganman. Menga quloq solsang, dunyo seniki bo'ladi. Mendan voz kechib, vasvasalarimga quloq solmasang, dunyo sen uchun sariq chaqadek qiymatsiz bo'lib qoladi. Ammo MEN senga dunyo molini ziynatli qilib ko'staman.

Endi dunyoni naqadar qattiq sevishingni o'ylab ko'r ! Senga dunyoni qanchalik sevdirganimni ko'rdingmi ? Allohning huzurida, namozda ekaningda ham xayolingga pul, mol-davlat, ertaga nima sotib olishing, qayerga borib, nima yeyishing haqidagi dunyoviy narsalarni keltiraman. Har doim senga " Odamlar nima deydi, men odamlarga nima deyman ? " kabi savollarni berdiraman. Ataylab " Alloh nima deydi, Uning huzurida xolim nima bo'ladi ? " degan savollarni eslatmayman. Qanday o'lishingni emas, bu hayotda qanday yashab, kayfu safo qilishni yodingga solib, umringni o'tkazib yuboraman. Seni mag'lub qilib, nog'oramga istaganimcha o'ynataman.

Bir kun bu olamdan ko'chib ketishing haqida hech bosh qotirmayapsan. Huddi hech qachon o'lmaydigandek yashayapsan. Bu hayot tugamaydi deb o'ylayabsan. Dunyodan yalang'och, bir surpga o'ralgan holda o'tib ketishingni bilmaysanmi ? Bilasan. Ammo bilmagandek, yana shu tarzda yashashda davom etyapsan. Bularning barining sababchisi - MEN. Buni juda yaxshi bilsang ham, menga qarshi kurashmaysan...

Meni juda yaxshi taniysan. Sen bilan bir tan, bir jonmiz. Har on, har nafas sen bilan gaplashaman. Hatto sen ham men bilan gaplashasan. Meni o'zingdan ajrata olmaysan. Ahir men bo'lmasam, sen ham bo'lmaysan ! Men sen bilan har doim jang holatidaman. Yo sen g'olibsan, yo men. MEN - senman, ey inson ! Nafsingman !

Bir sir kabi ichingda yashayman. Hatto kechalari turib, duo qilganingda tilingga yopishaman. Ko'ngling yaxshilikka moyil bo'lsa, seni yomonlik botqog'iga tortaman. Ezgu ishga kirishganingda yo'lingga g'ov bo'laman.

Ey inson ! MENdan aslo qutula olmaysan. Bunga yo'l qo'ymayman ham. MENdan faqat o'lib qutulasan !

MEN har bir o'lgan odam bilan birga o'laman, ammo har bir tug'ilgan odam bilan yana qaytadan tug'ilaveraman. Xullas, har bir insonning ichida yashayman. Hozir ham " Ishonma ! Yolg'on " degan ovozlar eshityapsan, shundaymi ? Ana usha ham MEN.

MENi, ya'ni nafsingni taniyman deb o'ylaysan. Bir necha daqiqa, balki bir necha soat. MEN haqimda, mening tuzoqlarim, senga qilgan yomonliklarim haqida o'ylaysan. Menga ergashganing uchun pushaymon bo'lib, tavba qilasan. Keyin yana yangi tong otadi, kun boshlanadi. Meni ham, tavbangni ham unutasan. Uni unittirgan ham yana MEN.

O'limdan keyin MEN tashviq qilgan ishlar yuzasidan so'roqqa tortilasan. Pushaymon bo'lasan, ammo baribir o'lasan. MEN esa o'lmayman. Dunyoda oxirgi odam bolasi qolguniga qadar bor bo'laman.


MEN - nafsman, ey inson ! MEN - senman.


Report Page