NO‘XAT

NO‘XAT

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. No‘xat doni oziq - ovqatda ishlatiladi, undan har xil milliy taomlar tayyorlanadi va xashaki navlari mollarga yem bo‘ladi. No‘xat doni tarkibida 19-30% oqsil, 4-7% moy, 47-60% azotsiz ekstraktiv moddalar, 2,4-12,8% kletchat-ka, 0,2-4,0% kul va shuningdek, V vitamini, hamda mineral tuzlar bo‘ladi. Bug‘doy uniga 10-12% no‘xat uni qo‘shilsa undan to‘yimli non yopilishi mumkin. No‘xatning poya va barlari-da dimon va boshqa organik kislotalar bo‘lganligim tufayli mollar yaxshi yemaydi, faqat qo‘ylar yeydi. Ko‘katini boshqa oziqalarga qo‘shib mollarga berish mumkin.

Navlari: Jahongir, Iroda - 96, Zumrad, Lazzat, Polvon, Uzbekis­ tanskiy - 32, Yulduz, Malxotra, Xalima.

O‘tmishdosh. No‘xat tuproqni azot bilan boyitadi, no‘xatdan keyin dala toza holatda qoladi. No‘xat ekish uchun ham dala begona o‘tlardan toza bo‘lishi kerak. No‘xat uchun yaxshi o‘tmishdosh - kuzgi donli ekinlar, poliz ekinlar, makkajo‘xori, kungaboqar, bir va ko‘p yillik o‘tlar. No‘xatdan keyin kartoshka, g‘o‘za, makkajo‘xo-ri, boshoqli donli ekinlar ekish tavsiya etiladi. No‘xatni no‘xatdan keyin ekish tavsiya etilmaydi, chunki kasallik va zarakunandalar ko‘payadi.

Oxirgi yillari no‘xat sug‘oriladigan sharoitda yetishtirilmoqda.

Bunda no‘xat donli ekinlar va g‘o‘zadan keyin ekiladi.

Yerga ishlov berish. Dala o‘simlik qoldiqlaridan tozalanadi, 200 kg ammofos va 100 kg kaliy o‘g‘iti solinadi. Yer 22-25 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Kuzda ekish uchun dala tozalanadi, 2 marotaba chizel yurgiziladi 16-18 sm chuqurlikda, so‘ngra borona yurgiziladi. Bahorda ekish uchun erta bahorda 2 marotaba borona «zig - zag» yurgiziladi. Ekishdan oldin 16-18 sm chizel qilinadi va mola bosiladi.

Urug‘ni ekishga tayyorlash va ekish. Urug‘ davlat andozasiga javob berishi lozim. Ekishdan oldin maxsus nitragin bilan urug‘ qoplanadi. Lalmi yerlarda no‘xat erta bahorda (fevral - mart oy-larida) ekiladi. Kuzda ekish ham mumkin. Ammo, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari askoxitozdan ko‘p zararlanadi. No‘xat keng qatorlab, qator orasi 45 - 60 sm yoki oddiy qatorlab, qator orasi 15 sm. dan qilib ekish mumkin.

Ekish me’yori 0,5 - 0,8 mln. dona urug‘ yoki 40 - 100 kg ga ekiladi. Ekish chuqurligi ekish muddatiga, tuproqning mexan-ik tarkibiga qarab 4 - 7 sm bo‘ladi. Ekish uchun STX - 4, SXU - 4, SPCH - 6M seyalkalar qo‘llanadi. Lalmi yerlarda SUB - 48M rusumli donli seyalkalar ishlatiladi, qator orasi 45 - 60 sm bo‘ladi. Keng qatorlab ekilganda 80 - 100 kg/ga sarflanadi.

Shartli sug‘oriladigan yerlarda qator oralariga ishlov berishdan tashqari gullab turgan va don yetilayotgan paytlarda 1 - 2 marta jo‘yaklar orqali jildiratib sug‘oriladi. Sug‘orish no‘xat hosildorli­ gini ancha oshiradi.

Sug‘oriladigan sharoitda hosil ancha oshadi. Sug‘orish me’yori o‘rtacha 800 m3/ga.

Hosilni yig‘ishtirish. Dukkaklar to‘la pishib, doni qotgan-da no‘xat yig‘ishtirib olinadi. Hosil kunning ertalabki soatlarida yig‘iladi. Katta maydonlarda don kombaynlari ishlatiladi, tomorqa yer maydonlarida ko‘l mehnatidan foydalaniladi. No‘xat urug‘i don tozalaydigan mashinalarda tozalanib yopiq, quruq joylarda saqlanadi.

  Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 10 kg no‘xat urug‘i uchun 15 ming so‘mdan 150 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xara-jatlar 500 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 13 000 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 250 kg hosil olinadi) 3 mln. 250 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 2 mln. 750 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page