NODAVLAT TA'LIM TASHKILOTLARINI OCHISH TARTIBI YENGILLASHDI

NODAVLAT TA'LIM TASHKILOTLARINI OCHISH TARTIBI YENGILLASHDI


Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti ochish tartibi qanday hamda ular amal qilishi lozim bo‘lgan asosiy talablar va shartlar nimalardan iborat?

 

Bugungi kunda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tartibga solinadi.

Mazkur qarorga muvofiq litsenziya talabgori litsenziyani olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborishi lozim:

1) ariza;

arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), taʼlim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisob varag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

2) pedagog kadrlar haqida maʼlumot;

3) o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

4) taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar

5) arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im (bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari).

Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomga muvofiq nodavlat umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun asosiy litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat.

1. O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi

2. Taʼlim oluvchilar soniga to‘g‘ri keladigan o‘qituvchilar shtat birliklari

3. O‘qituvchilarning malaka toifalariga (lavozimlariga) ko‘ra salohiyati

4. Chet tili o‘qituvchilarining chet tilini bilishi darajasi

5. Umumiy o‘rta (o‘rta maxsus) taʼlim tashkilotining hududiga qo‘yiladigan talablar

6. Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi

7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi

8. Shuningdek, barcha ta’lim turlari uchun belgilangan umumiy litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlik.


 

Report Page