NIZOM
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxonlar” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxonlar” tanlovini (keyingi o‘rinlarda — Tanlov) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
3. Tanlovni o‘tkazishda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashkiliy-amaliy, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha hamkorlik qiladi.
II. TANLOVNING MAQSAD VA VAZIFALARI
4. Tanlov talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy asarlarni chuqur o‘rganishga qiziqishni oshirish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir va adiblarning boy ma’naviy merosini hamda jahon adabiyoti namunalarini targ‘ib etish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.
5. Tanlovning vazifalari:
– talabalarni kitob o‘qishga da’vat etish, ularning badiiy adabiyotga qiziqishi va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash;
– o‘zbek va jahon adabiyoti namunalarini, buyuk mutafakkir va adiblarning hayoti, ijodi hamda adabiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, asarlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash ko‘nikmalarini shakllantirish;
– yoshlarning nutq madaniyatini, tahliliy va mustaqil fikrlashini rivojlantirish;
– Universitetda sog‘lom raqobat va adabiy-ma’rifiy muhitni shakllantirish;
– kitobxonlikka ishtiyoqli va iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish.
III. TANLOV ISHTIROKCHILARI
6. Universitet fakultetlarida tahsil olayotgan, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qat’iy nazar barcha talabalar Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.
17. Ishtirokchilar Tanlovga elektron yoki yozma ariza topshirish asosida qabul qilinadi. Arizalarni qabul qilish muddati — Tanlovning fakultet bosqichi o‘tkazilishidan 5 ish kuni oldin.
IV. TANLOVNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBI
8. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Tashkiliy qo‘mita zimmasiga yuklatiladi.
Tashkiliy qo‘mita:
– Tanlovni o‘tkazish borasida qaror qabul qiladi va uni Nizomga muvofiq tashkil etadi;
– Ekspertlar komissiyasi va Hakamlar hay’ati tarkibini hamda badiiy asarlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
– ishtirokchilarni Tanlov bosqichlari va tartib-qoidalaridan xabardor qiladi;
– barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratadi, oshkoralikni ta’minlaydi;
– ishtirokchilar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etadi.
9. Badiiy asarlar ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi va fakultet bosqichi o‘tkaziladigan kundan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi. Ro‘yxat alohida ilova sifatida rasmiylashtirilishi mumkin va Nizomning ajralmas qismi hisoblanadi.
10. Tanlovda foydalaniladigan savollar majmuasi Ekspertlar komissiyasi tomonidan har bir bosqich uchun alohida tuziladi, maxsus konvertlarga solinib muhrlanadi va Tanlov boshlanguniga qadar muhrlangan holda saqlanadi. Konvertlar Hakamlar hay’ati raisi va Tashkiliy qo‘mita vakili ishtirokida ochiladi.
11. Barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratish maqsadida:
– barcha ishtirokchilar uchun bir xil shartlar, vaqt me’yorlari va baholash mezonlari qo‘llaniladi;
– javob berish navbati bilet tortish (qur’a) orqali aniqlanadi;
– navbat kutayotgan ishtirokchilar boshqa ishtirokchilarning javoblarini eshitmaydigan alohida joyda bo‘ladi;
– tayyorgarlik vaqtida qo‘shimcha adabiyotlar, elektron qurilmalar va boshqa yordamchi vositalardan foydalanish taqiqlanadi;
– savollar va biletlar muhrlangan konvertlardan tasodifiy tarzda beriladi, bir shart doirasidagi savollarning murakkabligi bir xil bo‘lishi ta’minlanadi;
– ishtirokchi javob berayotganda uchinchi shaxslarning aralashuvi, maslahat berish yoki yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish taqiqlanadi;
– tartib buzilgan taqdirda Hakamlar hay’ati ishtirokchini ogohlantiradi; takroriy yoki jiddiy buzilish holatida ishtirokchining shu shart bo‘yicha javobi 0 ball bilan baholanadi yoki Tashkiliy qo‘mita qaroriga ko‘ra u Tanlovdan chetlashtiriladi.
V. TANLOV BOSQICHLARI
12. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqich — fakultet bosqichi,
ikkinchi bosqich — Universitet bosqichi.
13. Fakultet bosqichi Universitetning har bir fakultetida Tashkiliy qo‘mita belgilagan sana va joyda o‘tkaziladi; unda tegishli fakultet talabalari ishtirok etadi.
Ishtirokchilar Tashkiliy qo‘mita tasdiqlagan Hakamlar hay’ati tomonidan mazkur Nizomda belgilangan uchta shart asosida baholanadi.
14. Fakultet bosqichida eng yuqori umumiy ball to‘plagan ishtirokchilar
Universitet bosqichiga yo‘llanma oladi.
Har bir fakultetdan Universitet bosqichiga 3 ta ishtirokchiga yo‘llanma beriladi.
15. Universitet bosqichi belgilangan vaqtda fakultet bosqichi g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda ham uchta shart bir xil tartibda qo‘llaniladi, ishtirokchilarni
Universitet Hakamlar hay’ati baholaydi. Fakultet bosqichida to‘plangan ballar
Universitet bosqichi natijalariga qo‘shilmaydi.
16. Har bir bosqichning o‘tkaziladigan joyi, sanasi va shakli Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi hamda ishtirokchilarga kamida 1 hafta oldin ma’lum qilinadi.
VI. TANLOV SHARTLARI
17. Tanlov har bir bosqichda quyidagi uchta shart asosida o‘tkaziladi (vaqt chegaralari va baholash mezonlari VII bo‘limdagi jadvalda keltirilgan):
– “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti. Ishtirokchiga oldindan e’lon qilingan ro‘yxatdan bitta asar bilet tortish orqali tasodifiy beriladi. Ishtirokchi asarni sharhlab beradi: asarning mazmun-mohiyati, asosiy g‘oyasi, mavzusi, qahramonlari, muhim voqealari, badiiy va adabiy ahamiyati yoritilishi mumkin;
– “Tezkor savol-javob” sharti. Ishtirokchiga e’lon qilingan ro‘yxat asosida
Ekspertlar komissiyasi tuzgan 5 ta savol beriladi; savollar asarlarning mazmuni, qahramonlari, voqealari, g‘oyasi, muallifi va boshqa muhim jihatlariga oid bo‘lishi mumkin;
– “Buyuk mutafakkir va adib” sharti. Ishtirokchi oldindan e’lon qilingan ro‘yxatdagi mualliflardan birini o‘zi tanlaydi va uning hayoti, ijodiy faoliyati, asosiy asarlari, adabiyotdagi o‘rni, ijodining o‘ziga xos jihatlari hamda madaniyat va adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab beradi.
VII. BAHOLASH MEZONLARI
Shart va baholash mezonlari
Maksimal ball
1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” (tayyorgarlik — 1 daqiqa; javob — 2 daqiqa) 100 ball
Asarning mazmun-mohiyatini bilish va yoritish 25 ball
Shart va baholash mezonlari.Maksimal ball
*Asosiy g‘oya, mavzu va qahramonlarni tahlil qilish: 25 ball
*Badiiy va adabiy ahamiyatini baholash, mustaqil fikrlash: 20 ball
*Fikrni aniq va mantiqiy bayon qilish: 15 ball
*Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlariga rioya etish: 10 ball
*Vaqtga rioya qilish: 5 ball
2-shart. “Tezkor savol-javob” (tayyorgarlik — 1 daqiqa; 5 ta savolga javob — jami 2 daqiqa) 100 ball
*Javoblarning to‘g‘riligi va aniqligi (har bir savol uchun 12 ballgacha): 60 ball
*Javobni asoslash, asar, muallif, qahramon va voqealarga tayanish: 20 ball
*Fikrni aniq, lo‘nda va mantiqiy bayon qilish 10 ball
*Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlariga rioya etish 5 ball
*Vaqtga rioya qilish 5 ball
3-shart. “Buyuk mutafakkir va adib” (tayyorgarlik — 1 daqiqa; javob — 2 daqiqa) 100 ball
*Muallifning hayoti va ijodiy faoliyatini bilish: 20 ball
*Asosiy asarlari va ularning mazmunini bilish: 20 ball
*Adabiyotdagi o‘rni va madaniyat hamda adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasini tahlil qilish: 20 ball
*Ijodining o‘ziga xos jihatlarini ochib berish, mustaqil fikrlash: 15 ball
*Fikrni aniq va mantiqiy bayon qilish (kirish, asosiy qism, xulosa): 10 ball
*Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlariga rioya etish: 10 ball
Vaqtga rioya qilish: 5 ball
JAMI (3 ta shart) 300 ball
VIII. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI
18. Ishtirokchining bosqich bo‘yicha umumiy bali uchta shart bo‘yicha to‘plangan ballar yig‘indisi sifatida hisoblanadi (maksimal — 300 ball). Umumiy ball bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi; undan keyingi eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar 2- va 3-o‘rinlarni egallaydi.
19. Umumiy ballar teng bo‘lib qolgan taqdirda (shuningdek, keyingi bosqichga o‘tish chegarasida ballar teng kelganda) o‘rinlar quyidagi tartibda aniqlanadi:
– teng ball to‘plagan ishtirokchilarga Ekspertlar komissiyasi oldindan tayyorlagan zaxira savollar majmuasidan bir xil 3 ta qo‘shimcha savol beriladi; har bir savolga javob berish vaqti 2 daqiqa etib belgilanadi; ko‘proq to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi ustunlikka ega bo‘ladi;
– natija yana teng chiqsa, yangi 3 ta qo‘shimcha savol beriladi va bu jarayon g‘olib aniqlanguniga qadar davom ettiriladi;
– qo‘shimcha savollar bo‘yicha natijalar umumiy ballga qo‘shilmaydi va faqat o‘rinlarni taqsimlash uchun qo‘llaniladi.20. Bosqich natijalari Hakamlar hay’atining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi, hay’at raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi, Tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi hamda online tartibda e’lon qilinadi.
IX. TAQDIRLASH TARTIBI
21. Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
Fakultet bosqichi g‘oliblari:
– 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi — diplom va esdalik sovg‘alari hamda Universitet bosqichiga yo‘llanma bilan;
– 2-o‘rinni egallagan ishtirokchi — diplom va esdalik sovg‘alari bilan;
– 3-o‘rinni egallagan ishtirokchi — diplom va esdalik sovg‘alari bilan;
Universitet bosqichi g‘oliblari:
– 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi — diplom va esdalik sovg‘alari hamda bazaviy stipendiyaning 2 baravari bilan;
– 2-o‘rinni egallagan ishtirokchi — diplom va esdalik sovg‘alari hamda bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari bilan;
– 3-o‘rinni egallagan ishtirokchi — diplom va esdalik sovg‘alari hamda bazaviy stipendiyaning 1 baravari bilan;
– Universitet bosqichining qolgan ishtirokchilari — diplom va esdalik sovg‘alari bilan.
22. Taqdirlash marosimi o‘tkaziladigan sana va joy tashkiliy qo‘mita tomonidan kelishiladi
X. YAKUNIY QOIDALAR
23. Mazkur Nizomda ko‘rsatilmagan masalalar Tashkiliy qo‘mita tomonidan Nizomning maqsad va mazmunidan kelib chiqqan holda hal etiladi.
24. Tashkiliy qo‘mita Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega; ular ishtirokchilarga belgilangan tartibda ma’lum qilinadi.
25. Nizom tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi; “Badiiy asarlar ro‘yxati” ilovasi uning ajralmas qismidir.
“Yosh kitobxonlar” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilova
Badiiy asarlar ro‘yxati
(Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi va Tanlovdan oldin e’lon qilinadi)
Asarlar ro‘yxati
Asar nomi
Muallifi
1. Yulduzli tunlar
Pirimqul Qodirov
2. Otamdan qolgan dalalar
Tog‘ay Murod
3. Qo‘rqma
Javlon Jovliyev
4. Oltin zanglamas
Shuhrat
5. Ko‘hna dunyo
Odil Yoqubov
6. Ular o‘nta edi
Agata Kristi
7. Martin Iden
Jek London
8. Atom odatlar
Jeyms Klir
9. Alkimyogar
Paulo Koelo
10. Evrilish
Frans Kafka