NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar1. Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, oliy taʼlim muassasalari tashkiliy ishlarida faol, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, aʼlo va yaxshi baholarga o‘qiyotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining aʼzosi, ushbu sohaga qiziqishi bo‘lgan fidoiy yoshlar hamda taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlardan iborat tarkibda tuzilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi (bundan buyon matnda — jamoatchilik guruhi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 28-avgustdagi qo‘shma qaroriga asosan Respublika oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi (tegishliligi bo‘yicha) Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi Respublika “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyatiga ko‘maklashishda hisobdor;
Oliy taʼlim muassasalarida belgilangan hudud osoyishtaligi hamda xavfsizligini taʼminlash;
Taʼlim muassasasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish;
Aniqlangan shubhali holatlar va gumon qilinuvchi shaxslar haqida tegishli organlarga tezkorlik bilan xabar berish;
Yoshlar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot va tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish;
Oliy taʼlim muassasasi va unga tegishli bo‘lgan hududlarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash;
Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi salmoqli ishlarni amalga oshirib kelayotganligini hisobga olgan holda ushbu loyihani yanada takomillashtirish hamda hamkor tashkilotlardan kelib tushgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash maqsida har bir oliy taʼlim muassasasida (davlat, nodavlat, xorijiy oliy taʼlim muassasalarida imkoniyatidan kelib chiqqan holda) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda “Qalqon” jamoatchilik guruhlari namunaviy tarzda tashkil etiladi.
1. Jamoatchilik guruhi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi va jamoatchilik guruhi aʼzolari 1 (bir) yil muddatga aʼzolikka qabul qilinadi.
2. Jamoatchilik guruhi o‘z vazifalarini amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, Yoshlar ishlari agentligining tegishli mahallalardagi yoshlar etakchilari, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrull guruhlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot etakchilari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlarni tashkil etadi.
3. Jamoatchilik guruhi aʼzosining faoliyati namunali deb topilgan taqdirda, bir yillik mehnati faoliyati huquqni muhofaza qilish organlariga ishga kirishlarida stajirovka (ish joyidagi amaliyot) sifatida qaraladi va tan olinadi.
4. Jamoatchilik guruhi aʼzolariga tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish, ularni sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar va Yangi O‘zbekistonni barpo etishda amalga oshirilayotgan islohotlar borasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlardagi bilimlarini boyitib borishda oliy taʼlim muassasalari hisobdor hisoblanadi.
5. Jamoatchilik guruhi faoliyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzurida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalaridagi “Qalqon” jamoatchilik guruhlari “Oliy taʼlim muassasasi beshligi” hamkorligida faoliyat yuritadi hamda ularning faoliyati Respublika Ishchi guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
6. Jamoatchilik guruhi aʼzoligiga Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, oliy taʼlim muassasalari tashkiliy ishlarida faol, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, aʼlo va yaxshi baholarga o‘qiyotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining aʼzosi, ushbu sohaga qiziqishi bo‘lgan fidoiy yoshlar hamda taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlardan saralanib, ixtiyoriy xohishi asosida qabul qilinadi.
Jamoatchilik guruhlari aʼzosi bo‘lgan yosh faol pedagog xodimlar va taʼlim-tarbiya maslahatchilariga taʼlim muassasalarining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ustama belgilash tartibini ishlab chiqish hamda rag‘batlantirib borish choralari ko‘riladi.
7. Jamoatchilik guruhiga o‘zining hayotiy tajribasiga ega nomzodlar orasidan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri)dan 1 nafardan 4 nafargacha (oliy taʼlim muassasalaridagi eng faol sardorlar orasidan koordinatorlar tayinlanadi) “Jamoatchilik guruhi sardori”lari tayinlanadi. Jamoatchilik guruhi aʼzolari taʼlim muassasasida 20 nafardan 40 nafargacha (taʼlim muassasasining kontingent sonidan kelib chiqib guruh aʼzolari soni oshirilishi mumkin).
Fakultetning har bir guruhida 1 nafar o‘g‘il yoki 1 nafar qizdan iborat bo‘lgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlari tarkibida kelgusida qabul qilinadigan “Ijtimoiy faol talabalar”dan tashkil topgan tashabbuskor, faol talabalar guruh aʼzolari bo‘ladi. Ushbu “Ijtimoiy faol talabalar” bilan “Qalqon” jamoatchilik guruh aʼzolari birgalikda muntazam o‘z faoliyatlarini olib boradilar.
8. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining jamoatchilik asosidagi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni rahbarlikka har oyning 25-sanasiga qadar kiritib boradi.
9. Jamoatchilik guruhining asosiy maqsadi talaba-yoshlarning oliy taʼlim muassasasiga qarashli barcha hududlarida (keyingi o‘rinlarda tahsil olish binolari, talabalar yotoqxonalarida va ularning yashash xonalarida) jamoat tartibini saqlash, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan axborot xurujlariga qarshi kurashish, taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari, “Odob-axloq kodeksi” talablariga rioya etilishiga ko‘maklashish, yoshlarni turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olish, aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini kengaytirish orqali davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat.
10. Jamoatchilik guruhining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Belgilangan hudud osoyishtaligi hamda xavfsizligini taʼminlash maqsadida mazkur hududda doimiy ravishda kuzatuvni amalga oshirish;
Belgilangan hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida ushbu hududda aniqlangan shubhali holatlar va gumon qilinuvchi shaxslar haqida tegishli organlarga tezkorlik bilan xabar berish;
Oliy taʼlim muassasasi talabalari o‘rtasida profilaktik targ‘ibot va tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish;
Oliy taʼlim muassasasi va unga tegishli bo‘lgan hududlarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Milliy gvardiya, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrull guruhlariga ko‘maklashish;
Jamoatchilik guruhining guruhdagi aʼzosi guruh tyutoriga, fakultetlardan saylangan aʼzosi fakultet dekaniga, taʼlim muassasasidan saylangan sardor oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori)ning jamoatchilik asosida “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatchisi vazifalarini amalga oshiradi;
Jamoatchilik guruhi aʼzolariga o‘z faoliyatida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
2-bob. Jamoatchilik guruhi faoliyatini tashkil etish tartibi
1. Jamoatchilik guruhi faoliyatini tashkil etish mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan tuzilmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Jamoatchilik guruhi aʼzolari muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan kontrakt pulining 35 foizi to‘lab berilgan yoshlar orasidan) faol, fidoyi talaba-yoshlar orasidan saralab olinadi.
Shuningdek, oliy taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagog, ishchi-xodimlar orasidan ixtiyoriy ravishda jamoatchilik guruhi aʼzoligiga qabul qilinishi mumkin.
Jamoatchilik guruhi aʼzolari taʼlim muassasasi talabalar soniga muvofiq 20 nafardan 40 nafargacha (taʼlim muassasasining kontingent sonidan kelib chiqib guruh aʼzolari soni oshirilishi mumkin).
Fakultet tarkibida 1 nafar o‘g‘il, 1 nafar qiz (2 nafar qiz yoki 2 nafar o‘g‘il bola bo‘lishi ham mumkin) har bir guruhda 1 nafardan aʼzolari tuzilishi mumkin.
Jamoatchilik guruhining guruhdagi aʼzosi guruh tyutoriga, fakultetlardan saylangan aʼzosi fakultet dekaniga, taʼlim muassasasidan saylangan sardor oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori)ning jamoatchilik asosida “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatchisi vazifalarini bajaradi.
Dars mashg‘ulotlari va ommaviy tadbirlarda “Qalqon” jamoatchilik guruhlari belgilangan kiyimlarida yurishga ruxsat etiladi.
Jamoatchilik guruh aʼzoligiga guruh talabalari orasidan, jamoatchilik guruhining yig‘ilishida guruh sardorlari orasidan fakultetga, fakultet sardorlari orasidan oliy taʼlim muassasasi sardori ovoz berish yo‘li bilan saylanadi va guruhlar faoliyatini nazoratga oladi.
3. Jamoatchilik guruhi aʼzolari xizmat olib borish jarayonida ajralib turishlari uchun barcha oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan belgilangan maxsus mavsumiy kiyim-bosh hamda ratsiyalar bilan taʼminlanadi hamda oliy taʼlim muassasalarining rektor (direktor)lari tomonidan imzolangan guvohnomalar beriladi.
Oliy taʼlim muassasalarining o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda jamoatchilik guruhi aʼzolari orasida belgilangan tartib asosida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar maxsus mavsumiy kiyim-bosh va ratsiyalardan foydalanib borishlari mumkin.
4. Oliy taʼlim muassasasi rahbariyati jamoatchilik guruhining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va guruhning faol aʼzolarini rag‘batlantirib boradi.
Jamoatchilik guruhining faol aʼzolari O‘zbekiston Respublikasida taʼsis etilgan davlat mukofotlari, ko‘krak nishonlari hamda belgilangan tartib asosida nomli stipendiyalarga tavsiya etib boriladi.
5. Jamoatchilik guruhi huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash tadbirlarida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va boshqa jamoatchilik vakillari bilan birgalikda faoliyat olib boradi.
6. Jamoatchilik guruhi aʼzolariga qonunga xilof topshiriqlarni berish, tarkibida jinoyat alamotlari yoki jinoyatga aloqador maʼlumotlar bo‘lgan hamda bevosita ichki ishlar organlari vakolati doirasiga kiruvchi topshiriq va vazifalarni berish, ularni davlat va xizmat siriga ega bo‘lgan hujjatlar bilan tanishtirish taqiqlanadi.
7. Guruh sardori mahalliy va taʼlim muassasasi profilaktika (katta) inspektorlari bilan kelishgan holda jamoatchilik guruhi aʼzolari sonidan (o‘g‘il bolalar, qizlar) tanlashda taʼlim muassasalari ehtiyojidan kelib chiqib, ularning talabalar shaharchasi va yotoqxona atroflarida darsdan bo‘sh vaqtlarida navbatchiliklarda patrullik xizmatini tashkil etadi.
Jamoatchilik guruhlari aʼzolarining faoliyat olib borish vaqti o‘qish va ish jarayoniga salbiy taʼsir etmasligi lozim.
8. Guruh sardori profilaktika (katta) inspektorlari bilan kelishgan holda guruh aʼzolarining biriktirilgan patrullik yo‘nalishlarida xizmatga chiqishi bo‘yicha oylik jadval ishlab chiqadi hamda tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosariga tasdiqlatadi.
3-bob. Jamoatchilik guruhlari aʼzolarining huquq va majburiyatlari
1. Jamoatchilik guruhi aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Talabalar shaharchalari, yotoqxonalar, oliy taʼlim muassasalari hududlarida jamoat tartibi, xavfsizlik, jamiyatda yurish-turish va axloq-odob, sanitariya va ekologiya, yong‘in va harakat xavfsizligi qoidalariga fuqarolar (talabalar) tomonidan rioya qilinmagan hollarda tegishli organlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish va tashkil etishda qatnashish;
Fuqarolardan tegishli hududda sodir etilayotgan har qanday huquqbuzarlikni to‘xtatishni talab qilish;
Oliy taʼlim muassasasi mol-mulkini asrab-avaylashga, jihozlarni but holda saqlanishini taʼminlash va uni nobud qilishlariga olib kelmaslikka undash;
Oliy taʼlim muassasasi tomonidan taqdim etilgan maxsus libos masʼuliyatini tushungan holda uni asrab-avaylab, toza-ozoda kiyish;
Talabalar shaharchasi hududida fuqarolar o‘rtasidagi turli nizolarni bartaraf etishda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash va ushlashda, o‘zining xatti-harakatlari bilan huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan shaxslar bilan huquqiy-tarbiyaviy mazmundagi suhbatlar va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa profilaktik chora-tadbirlarda bevosita ishtirok etish;
Darsdan bo‘sh vaqtlarida belgilangan hududni ko‘zdan kechirishi, faoliyatini amalga oshirish maqsadida maxsus formasi bilan aylanib yurish;
“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolarini oliy taʼlim muassasalarida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti etakchisi tavsiyasiga asosan (20–30 nafargacha) har oy oliy taʼlim muassasasining talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan guruh aʼzolarini stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foizgacha miqdorida rag‘batlantirish;
“Qalqon” jamoatchilik guruhining eng faol 30 nafar (Toshkent shahridan 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan va viloyatlardan 2 nafardan) aʼzolarini tegishli hamkor tashkilotlar bilan kelishgan holda “Mustaqillik” va “Navro‘z” bayramlari munosabati bilan minnatdorchilik yoki faxriy yorliq, tashakkurnoma, tegishli hamkor tashkilotlarning ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash;
Taʼlim muassasalarining o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, talabalar va hududlar xavfsizligini taʼminlashda hamda nazorat qilishda huquq-tartibot organlaridan vaqtli nafaqaga chiqqan yosh sobiq xodima va xodimlarning tajribasidan foydalanish