NIZOM

NIZOM

“Kitobxonlik festivali”ni o‘tkazish Nizomiga 4-ilova

“Eng kitobxon oila” ko‘rik-tanlovini tashkil etish

va o‘tkazish to‘g‘risidagi

NIZOM

 

I. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentyabrdagi PQ-4467-son qarori, shuningdek 2025-yil 8-sentabrdagi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-277-son qarori ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish maqsadida “Eng kitobxon oila” tanlovini (bundan keyingi o‘rinlarda “Tanlov” deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1.2. Tanlov bevosita oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

1.3. Tanlovda farzandlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan ota-onalar ishtirok etishi mumkin.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

2.1. Oilalarda adabiyotimizning nodir asarlarini o‘qib-o‘rganish,shu orqali insoniylikning yuksak fazilatlarini shakllantirish, o‘zaro mehr-oqibat, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etiladi.

2.2. Tanlovning vazifasi:

-aholining barcha qatlamlarini kitob o‘qishga da’vat etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash;

-joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish;

-aholi, ayniqsa yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim- ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish;

-milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adiblarimiz ijodini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etishdan iborat.

III. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

3.1.Tanlov umumiy o‘rta ta’lim tizimlarida ikki bosqichda (tuman/shahar,viloyat) o‘tkaziladi.

3.2.Tanlov viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Bolalar kutubxonasi va viloyat “Kelajak” markazi tomonidan tashkil etiladi.

3.3.Farzandlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan ota- onalar o‘zlari yashayotgan hududdan Tanlovda qatnashishlari mumkin.

3.4.Tanlovning birinchi bosqichi tuman (shahar) “Kelajak” markazlari hamkorligida o‘tkaziladi.Viloyat bosqichida ishtirok etadigan oila tuman bosqichida g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi yo‘llanma bilan birga kelishi shart, aks holda tanlovga qatnashish huquqiga ega bo‘lmaydi.

3.5.Tanlovda o‘quvchi farzandlar soni hamda ota-onalar yoshi chegaralanmagan.

3.6.Tanlovda eng yaxshi natijani ko‘rsatgan tuman(shahar)lardan kitobxon oila 2-bosqichda ishtirok etish uchun g‘olib oilaning hujjatlari (yo‘llanma, bayonnoma) viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tuzilgan Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi. Oxirgi uch yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik festivali” doirasidagi tanlovlarida qatnashgan oilalarga tanlovda ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.

3.7.Tanlov ishtirokchilarini baholash uchun taalluqli tashkilotlar vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tuziladi.

IV. Tanlov shartlari va baholash mezonlari

4.1. Tanlovning tuman/shahar bosqichida quyidagi 2 ta shart asosida 100 ballik tizimda o‘tkaziladi.

1-shart. Ushbu shartda ishtirokchi oilalarning oilaviy kutubxonasida saqlanayotgan kitob fondi zaxirasidagi kitoblarning miqdori va mundarijasiga qarab 50 ballik mezon asosida baholanadi. Ishtirokchi oilalar oilaviy kutubxonasi aks ettirilgan fotolavhalarni hakamlar hay’atiga taqdim etishlari shart.

2-shart. Ushbu shartda o‘zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblardan biletlarda parcha yozilgan bo‘ladi, ishtirokchilar tomonidan ushbu biletda yozilgan asardagi parchani topish hamda asar mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida gapirib berish so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchi oila a’zolarining bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Ushbu shart 50 ball asosida baholanadi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi.

4.2. Tanlovning viloyat bosqichi quyidagi 3 ta shart asosida 100 ballik tizimda o‘tkaziladi.

1-shart. “Oilaviy kutubxona” sharti.

Bunda ishtirokchi oilalarning oilaviy kutubxonasida saqlanayotgan kitob fondi zaxirasidagi kitoblarning miqdori va mundarijasiga qarab 10 ballik mezon asosida baholanadi. Ishtirokchi oilalar oilaviy kutubxonasi aks ettirilgan fotolavhalarni hakamlar hay’atiga taqdim etishlari shart.

2-shart. “O‘zbek adiblari hayoti va ijodi” sharti.

Ushbu shartda ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati, ulug‘ allomalar, adiblar haqidagi savollarni bilet tortish orqali javob beradilar. Bunda ishtirokchi oilalarning tayyorlanishiga 1 daqiqa, javob berishi uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi. Ushbu shart 40 ball asosida baholanadi.

3-shart. “O‘zbek va jahon adabiyoti bilimdoni” sharti.

Ushbu shartda o‘zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblardan parcha o‘qiladi, ishtirokchilar tomonidan asarni topish hamda mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida gapirib berish so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchi oila a’zolarining bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Ushbu shart 50 ball asosida baholanadi.

Ishtirokchi oilalar kitobdan parchani bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi.

4.2.Har bir shartni baholash mezonlari, ball qo‘yish jadvali tashkiliy qo‘mita tomonidan maxsus baholash blankasini tanlov o‘tkazishdan 1 kun oldin hakamlar hay’atiga taqdim etadi.

4.3.Belgilangan kitoblar ro‘yxati tanlov o‘tadigan kundan kamida 15 kun oldin e’lon qilinadi hamda kitoblar ro‘yxatini tuzishda ommalashgan adabiyotlarga e’tibor qaratiladi.

4.4.Barcha shartlar bo‘yicha umumiy ballar qo‘shib hisoblanganda, eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan ishtirokchi oila tanlovning g‘olibi deb topiladi. Agar ishtirokchi oilalar o‘rtasida umumiy to‘plangan ballar teng kelib qolgan taqdirda, hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar beriladi va g‘olib oila aniqlab olinadi.

V. G‘oliblarni taqdirlash

5.1. Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

Tanlovning tuman bosqichi g‘oliblari:

1-o‘rinni egallagan oilaga 1-darajali diplom, keyingi bosqichga yo‘llanma va kitoblar jamlanmasi;

2-o‘rinni egallagan oilaga 2-darajali diplom va kitoblar jamlanmasi;

3- o‘rinni egallagan oilaga 3-darajali diplom va kitoblar jamlanmasi.

Tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari:

1-o‘rinni egallagan g‘olib oilaga 1-darajali diplom, kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovg‘alar;

2-o‘rinni egallagan g‘olib oilaga 2-darajali diplom, kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovg‘alar;

3-o‘rinni egallagan g‘olib oilaga 3-darajali diplom, kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

Qolgan ishtirokchi oilalar kitoblar jamlanmasi hamda “Eng hozirjavob kitobxon oila”, “Eng yosh kitobxon oila, “Eng fidoyi kitobxon oila” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlanadi.

VI. Yakuniy qoidalar

6.1.Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tashkilotchilar va hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

6.2.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga homiylik mablag‘larini jalb etish mumkin.

 


Report Page