NIZOM

NIZOM

  2-aprel “Xalqaro bolalar kitobi kuni” munosabati bilan “Kitob- ma’naviy olamning  bezagi” shiori  ostida “Kitobsevar bolajonl…

     Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-sonli qaroriga muvofiq Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi umumta’lim maktablarining 3-4-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitobsevar bolajonlar” mavzusida kitobxonlik bellashuvini o‘tkazish o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1.1.         Tanlov viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan o‘tkaziladi.

2-bob. Tanlovning maqsad va vazifalari

-        O‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

-        Badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish;

-        Mustaqil fikrlash va nutq ko‘nikmalarini oshirish;

-        O‘qilgan asarlar mazmunini anglash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish

 

3-bob. Tanlovni tashkil etish tartibi

3.1. Bellashuv viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan 2026-yil 1-aprel kuni o‘tkaziladi. Bellashuvda umumta’lim maktablarining 3–4-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Har bir maktabdan  3–5 nafar o‘quvchi tavsiya etiladi.

 4-bob.Tanlovni baholash mezoni va shartlari

Bellashuv quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:

   1-shart: “Asarni top” sharti bo‘lib, jamoalarga asardan parcha o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchilar  asar nomi va muallifini topishi  kerak.

  2-shart: “Tezkor savol-javob” sharti bo‘lib, har bir guruhga 5 tadan mantiqiy savol beriladi. Berilgan savollarga birinchi va aniq javob bergan  jamoa  kun g‘olibi deb topiladi.

  5-bob.G‘oliblarni taqdirlash

5.1. Bellashuv sharti bo‘yicha yuqori ball to‘plagan 3 ta jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi. G‘oliblar viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.


Report Page