"NIKOH"

Savol:
Siz nikoh qilishga yaqin bo'lganmisiz?
Javob:
Yo'q, hech qachon. Men boshidan nikoh qurishga qarshi bo'lganman.
Chunki nikoh bu sizning erkinligingizni kesib tashlash demakdir:
Bir ayol yoki erkakka "qonuniy" ravishda bog'lanish.
Men uchun erkinlik eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Erkinlikdan yuqori hech narsa yo'q.
Bu muammo edi, chunki men boshidan kurash olib borganman.
Ota-onam muammo ko'tarishgan, oilam muammolari bor edi;
Lekin men ularga aniq tushuntirib bergandim, aytgandimki, men hech qachon nikoh qilmayman.
Agarda men nikohsiz rohib bo'lsam, ular albatta juda xursand bo'lishardi.
Ammo:
"Yo'q, men nikohsiz rohib ham bo'lmayman",
dedim.
Bu ular uchun haqiqiy muammo edi! Agar men nikohsiz rohib bo'lganimda, ular baxtli bo'lishardi,
Aslida ular faxrlanishgan bo'lishardi, chunki ularning o'g'li buyuk rohib bo'lgan bo'lar edi!
Lekin men:
"Yo'q, men ikkala yo'lni ham tanlamayman. Men o'rtadagi to'g'ri yo'ldan boraman, tig'ning ustidan",
dedim va bu yo'l bo'ylab yurishdan juda zavqlanganman!
Savol:
Siz yashagan jamiyatda qanday bosim bo'lgan? Faqat ota-onangiz emas, ayniqsa o'sha paytda
Hindiston jamiyati juda yopiq edi va sizdan shu ikkisidan birini tanlash talab qilinardi.
Javob:
Men bunday jamiyat uchun yetarlicha aqlli edim.
Savol:
Endi butun dunyo bo'ylab odamlarga nima deysiz? Hammalari ajrashishlari kerakmi?
Javob:
Hamma ajrashishi kerak.
Odamlar vaqt-vaqt bilan bir-biri bilan uchrashib, imkoniyat tug'ilganda bir-birini sevishlari kerak.
Unday yomon vaziyat bo'lmasligi kerakki, ayol endi sevmaydigan eri bilan sevishishga majbur bo'lsin,
chunki bu uning "vazifasi" hisoblanadi.
Er ham o'z vazifasini bajaradi:
U xotini bilan noz-karashma qilayotganda, boshqa ayol haqida o'ylayverishi mumkin.
Ayollar ham boshqa erkak haqida o'ylashlari mumkin.
Bu qanday asabiy jamiyat!
Agar bir-biringizni sevmasangiz, hech bo'lmaganda inson bo'ling va ochiq va aniq ayting:
"Bizning birga bo'lgan vaqtimiz go'zal edi, lekin hozir u yakunlandi". Xayrlashing.
Men nikohning butunlay dunyodan yo'qolib ketishini xohlayman.
Nikoh bilan birga ajralish ham yo'qolib ketadi;
Nikoh yo'qolib ketishi bilan, fohishalik ham yo'qoladi.
Nikoh yo'qolishi bilan, ruhoniylarning ko'plab ishlari yo'qolib ketadi.
Nikoh yo'qolishi bilan, psixoanalitiklar, terapevtlar, psixologlar ishlari deyarli 99 foizga kamayadi.
Psixoanalitiklar yo'qolib ketadi. Nikoh - bu barcha ruhiy buzilishlar, bosimlar,
aybdorlik tuyg'ularini yaratadi.
Bu oddiy insoniy holatdir:
Siz go'zal ayolni ko'rasiz va uning bilan bir oz vaqt o'tkazishni istaysiz.
Buning uchun Hudo ruxsati shart emas!
Sizning Hudoingiz hatto Mariyam Bokiraga tajovuz qilgan!
Uning roziligisiz!
Siz bu hikoyaga ishonasizmi?
Men ishonaman, chunki bu sizning Hudoingiz zo'ravon ekanligini isbotlaydi!
Aks holda, men bu hikoyaga ishonmayman! Masih harom bo'lishi kerak!
Va butun voqeani yashirish uchun bu katta hikoya o'ylab topilgan. Bu "Hudoning" ishi edi!
Ular aytdilar, Hudo uchlikdir:
Hudo, Muqaddas Ruh, O'g'il.
Bu Muqaddas Ruhning ishi edi. Lekin Muqaddas Ruh Hudoning bir qismidir:
Mening qo'lim singari mening bir qismim. Sizning jinsiy a'zolaringiz sizning qismingiz bo'lgani kabi
Va Muqaddas Ruh Hudo qismidir, ehtimol uning jinsiy a'zosi!
Bo'lmasa, qanday qilib u bokira qizga homila tashlashni ta'minlay olardi?!
(Oshoning bo'lajak nikohi uchun duo so'ragan soliklaridan biriga javobi)
Nikoh mutlaqo boshqacha tadbir hisoblanadi:
U sevgining eng yuqori cho'qqisidir. Shundan keyin hamma narsa joyida bo'ladi.
Men turmush qurishga qarshi emasman.
Men haqiqiy nikohni qo'llab-quvvatlayman.
Men hozirgi mavjud bo'lgan soxta nikohlarga qarshiman.
Lekin nikoh tartibga solingan bir hodisa.
U sizga xavfsizlik, ishonch va aniq mashg'ulotlarni beradi.
Bu sizni jonli hayotdan ayiradi va boylik hamda ozuqa taqdim etmaydi.
Shu sababli, agar siz mening fikrimcha turmush qurishga qaror qilsangiz, faqat shunda men sizga duo qilishga tayyorman:
Sevishni o'rganing va sevgiga qarshi barcha narsalardan voz keching.
Bu qiyin mehnat talab etadi.
Sevish san'ati - bu mavjud bo'lgan eng ulug' san'atdir.
Insonda shu darajadagi go'zallik, ichki madaniyat va o'z-o'zini anglash bo'lishi kerakki, u o'ziligini qanday vayron qiloyotganini darhol tushunishi kerak.
Agar siz vayron qilishdan qochishingiz mumkin bo'lsa,
Agar siz o'zaro munosabatlaringizda ijodkor bo'lishga qodir bo'lsangiz,
va uni qo'llab-quvvatlash va parvarish qilish imkoniyatiga ega bo'lsangiz, agar siz boshqa insonga rahm-shafqat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lsangiz, faqat nafs bn emas... Tushkunlik o'zi yolg'iz sevgini saqlab qola olmaydi, mehr muhabbat talab etiladi.
Agar siz boshqa insonni hurmat qila olsangiz va uning kamchiliklarini va cheklovlarini tan olib qabul qilishga qodir bo'lsangiz,
agar siz boshqa insonni borligicha qabul qilib, uni seva olsangiz,
o'shanda bir kun kelib haqiqiy nikoh amalga oshadi. Bu yillar davom etishi mumkin.
Bu hatto butun umringiz davomida davom etishi mumkin.
Keyin siz mening barokatimni olishingiz mumkin.
Lekin qonuniy nikoh uchun
Siz mening marhamatimga muhtoj emassiz;
Mening marhamatim sizga hech qanday yordam bermaydi.
Ehtiyot bo'ling! Bu yo'lga kirishdan oldin yana bir bora o'ylab ko'ring.
Mening maqsadim sizga sevgining tovar emas ekanligini tushuntirish va bunday vaziyatlarga nisbatan ko'z qarashingizni kengaytirishdir. Xotiningiz bir nechta kun davomida boshqa erkak bilan o'tkazsa va keyin qaytsa, siz uni iste'mol qilingan yoki eski deb hisoblashga moyil bo'lishingiz mumkin; siz o'ylaysizki, u quruq va sevgisiz qaytadi. Biroq, sevgi bu tovar emas. Aslida, sizning xotiningiz boshqa sherik bilan vaqt o'tkazish orqali, o'z ichidagi turli burchaklarni kashf qilishi va tajriba orttirishi mumkin. U yanada ko'proq sevgi bilan qaytishi mumkin, chunki endi u tajribaliroq va sizni yoqimli hayratga solishi mumkin - siz avval hech qachon uni bunday tanimagan bo'lishingiz mumkin.
Men hayotning har bir jabhasida boy tajriba qilishni yoqlayman. Men hayotning barcha sohalarida qashshoqlikka qarshiman. Va ruhiy, ma'naviy, jismonan kambag'allikka olib keladigan hamma narsaga qarshiman.
Men sizni ozodligingizni boshqalar tortib olishlariga qarshi isyon ko'tarishingizni istayman. Mening uchun ozodlik eng oliy tajriba, eng chiroyli va u ilohiydir.
Hech qachon va hech qanday sabab tufayli ozodligingizga to'sqinlik qilmasligingiz kerak. Uning qanday xarajatlarga olib kelmasin, ozodligingizni himoya qiling. Bu sizni haqiqiy erkak yoki haqiqiy ayol qiladi. Aks holda siz hozir faqat marionetkasiz; sizda hech narsa haqiqiy emas; hammasi soxta. Va sizning hayotingizdagi soxtalik sabablari tufayli siz azob-uqubatlarni his qilasiz.
Bu haqiqat sizni azob-uqubatlardan qutqarib, yangi ne'matlarga olib keladi.
Osho
@Paruk_Pilo