NIGINTERN amaliyot dasturi

NIGINTERN amaliyot dasturi

Mamlakat Akramova

National Institute Genetics (NIG), Department OF Genetics, SOKENDA/ tomonidan har Yili tashkillashtiriladigan NIGINTERN amaliyot dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga tadqiqot olib borish tajribasini taqdim etadi. Dastur ishtirokchilari nazoratchi bilan birga genetika hamda hayot haqidagi fanlar (life sciences) orasidan tegishli sohalar bo'yicha tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi. Dastur ilmiy tadqiqot haqidagi saboqlar, ilmiy muloqotlar va individual yetakchi tadqiqotchi bilan muhokama uchun laboratoriyaga tashriflardan iborat. Dastur yakunida amaliyotchilar NIGINTERN Reports simpoziumida o'z tajribasi haqida taqdimot qiladi. Shuningdek, amaliyotchilar aspirantura dasturlari ma'ruzalari, jurnal klublari va taniqli tadqiqotchilar tomonidan olib boriladigan seminarlar kabi turli mashg'ulotlarda ham ishtirok etishlari mumkin. Yapon tili darslari ham ta'minalandi. Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlaganlarning barchasiga maxsus sertifikat topshiriladi. Saralab olinganlar 2023-yil 13-iyundan 24-iyulgacha Yaponiyada amaliyot o'taydi. 2023-yilgi dastur uchun 740 ta ariza kelib tushgan va ulardan 9 nafar amaliyotchi tanlab olingan. Tanlab olinadigan amaliyotchilar soni har yili turlicha bo'ladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura kurslari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

https://www.nig.ac.jp/jimu/soken/intern/2024/index.html

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga saralab olingan amaliyotchilarga quyidagi iqtisodiy imtiyozlar taqdim etiladi:

• Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.

• NIG va Yaponiyadagi aeroport o'rtasidagi masofani bosib o'tish uchun ketgan transport xarajati qoplanadi. NIG turarjoy majmuasida yashash to'lovi qoplanadi.Dastur davomidagi sayohat sug'urtasi xarajatlari qoplanadi. NIG yuqorida ko'rsatilganlar tashqari boshqa (oziq-ovqat, yashash va h.k.) xarajatlarni qopamaydi. Bunday xarajatlarni amaliyotchining o'zi qoplashi lozim.

Talablar:

Istalgan davlat furqarolari ushbu dasturga ariza topshira oladi.

Nomzod ariza topshirish vaqtida bakalavriat yoki magistrsturada oxirgi kursdan bitta oldingi kursda o'qiyotgan bo'lishi kerak. Ya'ni 4 yillik bakalavr kursining 3-kursida, 3 yillik bakalavr kursining 2-kursida, 2 yillik magistratura kursining 1- kursida, 6 yillik magistraturaning 5- kursida o'qiyotgan talabalar ariza topshirishlari mumkin.

 Nomzod genetika yoki hayot haqidagi fanlarga qiziqishga ega bo'lishi lozim.

Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

• O'z davlatidan boshqa davlatdagi universitetda tahsil olayotgan va yuqoridagi shartlarga mos talabalar ham ariza topshira Oladi. Faqat o'zi boshqa davlat fuqarosi bo'lib, ariza topshirish vaqtida Yaponiyada yashayotgan talabalar ushbu dasturga ariza topshira olmaydi.

 Shuningdek, amaliyotchilar amaliyot davomida rioya qilishi kerak bo'lgan shartlar ham mavjud. Ushbu shartlar bilan BU YERDA (https://www.nig.ac.jp/jimu/soken/intern/2024/conditions.html)  batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda 2023-yil 27- noyabrdan 2024-yil 9-yanvargacha qabul qilinadi. Nomzod dastlab BU YERDAN (https://www.nig.ac.jp/jimu/soken/intern/2024/hostlabs.html)  tadqiqot amaliyot o'tash uchun o'zi qiziqqan soha va ma'qul ko'rgan laboratoriyasini tanlab Olishi lozim. Ariza topshirish uchun avval BU YERDA (https://www.nig.ac.jp/jimu/soken/intern/2024/application.html) ro'yxatdan o'tish lozim (Online Registration for NIGINTERN Application).

Ro'yxatdan o'tilgandan so'ng electron  pochta manzilingizga ariza raqamingiz va parolingizni o'z ichiga olgan tasdiq xabari yuboriladi. Dastlabki ro'yxatdan o'tish jarayonida 2 nafar tavsiya beruvchi shaxsning ism-familiyasi va ularning elektron pochta manzillarini kiritishingiz so'raladi. Tavsiya beruvchilar bilan ro'yxatdan o'tishdan oldin gaplashib, siz uchun tavsiyanoma berishini oldindan so'rab qo'ying. Ro'yxatdan o'tishingiz bilan tavsiya beruvchilarning elektron manziliga tavsiyanoma yozish so'ralgan xabar yuboriladi. Ro'yxatdan o'tganda email orqali yuborilgan paroldan foydalanib, ariza topshirish tizimiga kirasiz va onlayn arizani to'ldirasiz.

 Onlayn arizani to'ldirish quyidagi hujjatlarni yuklash kerak:  Motivatsion inshosi (Motivation Letter/Self Advertisement). Insho ingliz tilida yozilishi va 500 so'zdan oshmasligi kerak. Ingliz tilidagi CV. CVda ta'lim tarixi yuqori sinfdan (maktabning 10- sinfidan yoki kollej/listeydan boshlanishi kerak. Hozirda nechanchi kursda o'qiyotganingiz ham CVda ko'rsatilishi kerak.

• Baholar. Nomzodlar bakalavriat yoki magistraturada hozirgacha olgan baholarini skanerlangan variantini topshirishi kerak. Baholar ko'rsatilgan hujjat ingliz tilida bo'lmasa, unga qo'shib ingliz yoki yapon tilidagi tarjimasini ham topshirish kerak. Bunda baholar va ularning tarjimasi bitta PDF faylga birlashirilgan holda tizimga yuklanishi lozim.

• Ikki nafar o'qituvchingizdan tavsiyanoma (ularga tavsiyanomani tizimga yuklash uchun email boradi).

Barcha hujjatlar, jumladan, tavsiyanomalar ham faqatgina onlayn ariza topshirish tizimi orqali topshirilishi kerak. Email orqali yuborilgan hujjatlar qabul qilinmaydi. Qabul natijalari 2024-yil fevral oyi oxirrlarida e'lon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy e'lon va ariza topshirish jarayoni haqidagi ma'lumotni to'liq o'qib chiqing.

Savollar yuzasidan nig-intern@nig.ac.jp elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Report Page