.NET praktikum kursi haqida

.NET praktikum kursi haqida

Mohirdev ta'lim platformasi

Kurs davomida siz xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lgan, juda tez sur'atda o'sib takomillashib borayotgan, C# dasturlash tilini o'rganasiz. O'rgatiladigan barcha texnologiyalardan foydalanib har qanday dasturning yuragi ya'ni backend qismini yozishni o'rganasiz.

Kurs yakunida Toshkent shahriga kelgan mehmonlarga shinam xonadon topishlari uchun platformaning “backend” qismini yozishni o’rganing. Loyiha “Sheenam” deb nomlanadi va aynan shu loyihaga bag’ishlangan 9 soatlik video darslar davomida, g’oyadan birinchi dastur funksiyanaligacha yozishni o’rganasiz.


Kurs haqida qisqacha:

●     Kurs davomiyligi: 6 oy

●     Format: Onlayn videodarslar

●     Har bir modulda dars topshiriqlari

●     O’qituvchi bilan Zoom uchrashuvlar

●     Kurs davomida mentorlar yordami

●     Kursni boshlash uchun boshlang’ich bilim talab qilinmaydi


.NET dasturchilari qancha daromad topishmoqda? (salaries.devby.io)

Junior: 4 mln+. Kursni bitirib, 3-6 amaliyotdan so’ng.

Middle: 12mln+. Real proyektlarda qatnashib, 1,5 yil tajriba olganlar

Senior dasturchilar: 25mln+ . Real proyektlarda qatnashib, 3-5 yil tajriba olganlar


Nima uchun .NET o’rganish kerak?

Keng tanlov

.NET Praktikumida o’rgatiladigan C# dasturlash tili sizga keng imkoniyatlarni taqdim qiladi. Sizga veb-dasturlar “backend” qismi yozish to’g’ri kelmasa, C# bilimi yordamida o’yinlar, kompyuter dasturlari yoki “machine learning” sohalari bo’yicha bilim olishda davom etishingiz mumkin.

 Qulay ekosistema

Apple mahsulotlari ishlatadigan insonlar iPhone, MacBook va Smart Watchlari hammasi birgalikda ishlay olishlaridan zavq olishadi. Microsoft kompaniyasi ham .NET dasturchilari uchun o’ta qulay ekosistema barpo qilgan. Azure, GitHub, Visual Studio va C# barchasi sizning qiyinchiliksiz dastur tuza olishingiz uchun birgalikda zo’r ishlaydi, chunki bularning barchasi Microsoft tomonidan boshqariladi.

Yaxshi Dasturchilar Hamjamiyati

.NET atrofida juda samimiy insonlar yig’ilgan. Nafaqat xalqaro, balki bizning mahalliy O’zbek .NET hamjamiyati ham o’ta ahil va ko’maklashishga hargiz tayyor. 


Kurs davomida nimalarni o’rganasiz?

  • C# dasturlash Tili
  • Entity Framework
  • ASP.NET Web API
  • Unit Test
  • GitHub/Git
  • The-Standard (Me’yor) by Hassan Habib


Kurs dasturi qanday tuzilgan?

1.   Basics - ushbu bo’limda siz dasturlashning asosi hisoblanuvchi ma’lumot turlari, shartlar va tsikllar mavzulari bilan yaqindan tanishasiz. Birinchi bo’limdanoq GitHub bilan ishlashni o’rganishni boshlaysiz va butun kurs davomida ushbu qobiliyatni egallab borasiz.

2.   OOP - obyektga yo’naltirilgan dasturlash bo’limida siz klass haqida bilishingiz kerak bo’lgan barcha ma’lumot turlari bilan tanishib otasiz.

3.   Advanced - bu bo’limda C# va .NET ga aloqador barcha murakkab mavzularni muhokama qilamiz.

4.   The-Standard - bu bo’limda siz The-Standard (Me’yor) nimaligi va uning yordamida qanday qilib g’oyadan boshlab toki tayyor mahsulotgacha dastur yaratishni o’rganasiz. 


Kurs davomida qanday loyihalar qilinadi?

KESCHA - bu sodda konsol dasturi. Bu dasturni tuzish jarayonida siz ma’lumot turlari, shartlar va tsikllarni o’zlashtirib olasiz. Bundan tashqari bu dasturni tuzish davomida sizga dasturchilarning ko’nikmalari va professional jargon so’zlarni o’rgatib boraman. Va Git/GitHub bilan ishlashni o’rganib borasiz.

CalculatR - bu sodda konsol dasturi. Bu dasturni tuzish jarayonida siz ma’lumot turlari, shartlar va tsikllarni o’zlashtirib olasiz. Bundan tashqari bu dasturni tuzish davomida sizga dasturchilarning ko’nikmalari va professional jargon so’zlarni o’rgatib boraman. Va Git/GitHub bilan ishlashni o’rganib borasiz.

Sheenam - bu Toshkent shahridan viloyatdan kelganlar uchun shinam xonadon topishlari uchun platforma hisoblanadi va to’loqonli Me’yor talablariga javob beradi. Ushbu dastur chet ellik mutaxassislar tekshiruvidan o’tgan. 


O'qituvchi haqida:

Darslar 3 yildan ortiq tajribaga ega, hozirda xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida .NET dasturchi sifatida faoliyat olib borayotgan Elbek Normurodov tomonidan o'tiladi.


Kurs narxi: 1,500,000 so'm. Bir martalik to'lov.


Kursni quyidagi to'lov usullari orqali xarid qilishingiz mumkin:

Payme: https://payme.uz/fallback/merchant/?id=6109143712950f485b3b14d8
CLICK: https://my.click.uz/services/pay?service_id=21432&merchant_id=14579
Apelsin: https://payment.apelsin.uz/merchant?serviceId=498601541

To'lov qiling va chekni @mohirdev_jbot ga jo'nating.

Kurs boshlanishi bilan siz kursga qo'shilasiz.










Report Page