NEGA KVANT HAQIDA POST YOZYAPMIZ?

NEGA KVANT HAQIDA POST YOZYAPMIZ?

Muhammad Safo
Kvant

NEGA KVANT HAQIDA KO'P POST YOZYAPMIZ?

"Men qayerdaman, bu qanday qamoq? Kimning mulkini og'irladimki, ushbu tanada maxbus bo'ldim?"

~ Rumiy

P.s: Kvant zarrasi ham tana tarkibidur, demak uyam qamoqdir...


Ha, tog'ri, atom, kvant haqda post yozsak erish tuyiladi. Hozir internet sharofati bilan hinduizm, buddizm, ezoterik ta'limotlar  bizga kirib keldi. Shularni tasavvufdan, dinimizdan farqlash niyatida yozib turibmiz. Xop, kvant nima? Tananing eng mayda zarrasi atom desak, atom yana millionga bo'linib kvant zarrotlari hosil bo'ladi. U ham baribir modda. Baribir shaytoniy quvvat. Ular meditatsiya bilan kvant olamida paydo bo'lishadi, undan uyog'iga yo'l yopiq. Faqat Islom dinida bayat berish orqali ruhoniyat olamiga o'tish mumkin. Zikrlar soniga qarab hol-ahvollar o'zgarib boradi.


Tasavvufda sayri ofoqiy ya'ni modda ichida sayr tushinchasi bor. Avvalo  moddiy olamni tanimoq kerak. Xullas, atom ham kvant chastitsasiga bo'linadi dedik. U bir soniyada hamma joyda bo'loladi. Kvant chastitsalarni nima paydo qiladi desak teoriya strona degan joydan "ding" degan tovush silkinib-titrab shundan kelib chiqadi.

Jasad (nafs) tarkibi:

🔻Teoriya Strona

🔻Kvant Chastitsalar

🔻Atom

🔻Minerallar

🔻Oqsillar

🔻Vitaminlar

🔻Vitaminlar yig'indisidan

➡️ 👤Surat ko'rinishimiz, jasadimiz ko'rinib boshlidi. Suratimizni hosil qiladigan mayda zarralar olami araz olamidir.


Araz va javharni his qilib farqlasak. Xuddi suv bilan yog' ajralganidek moddiy va ruhiy ilmlar yaqqol ikkiga ajralib qoladi. Ming turli sirli ilmlar bir tomonga tashqi ilm bo'lib va ruh ilmi tasavvuf esa bir tomonga o'tib qoladi. Kim araz va javharni farqlay olmasa, hujayra va undanam mayda zarrot shaytoniy quvvatlarni ruhim, qalbim deb yuraveradi. Amallari nafsoniy bo'lib ketaveradi. Farqlay olmaslik xuddi xira derazadan atrofni kuzatishga o'xshaydi. Baribir tiniq taassurot ololmaydi. Derazani yuvsagina, tasvir tiniq bo'lib qoladi. Shubhalar yo'qoladi. "Kim o'z nafsini (jism, arazni) tanisa, Robbisini ham taniydi" degan hadis real hayotda amalga oshadi.



💌 by Ishq Safari ⚘

Report Page